Uçraşuvdan söng Tramp jurnalistlarga Zelenskiy bilan uçraşuv “yaxşi” ötganini aytdi. U Rossiya prezidenti Vladimir Putinga qanday xabar yöllamoqçi ekani haqidagi savolga javoban, Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi tugaşi kerakligini bildirdi. Şuningdek, Tramp har ikki tomon ham tinçlikni istaşini ta’kidladi.

Tramp Davosda bir kun oldingi nutqida Zelenskiy bilan uçraşiş rejasi borligini aytgan va Ukraina prezidenti kelişuv tuzişga tayyor, degan işonçini bildirgan. “Menimça, biz bunga juda yaqin keldik, deb ayta olaman”, — degan u. AQŞ prezidenti deyarli tört yildan beri davom etayotgan Ukrainadagi uruşni töxtatiş zarurligini yana bir bor ta’kidladi.

Zelenskiyning Tramp bilan uçraşuvi AQŞ maxsus vakili Stiv Uitkoff va Trampning kuyovi Jared Kuşnerning Moskvada RF prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralari oldidan bir neça soat avval bölib ötgan.

Zelenskiyning özi 20 yanvar kuni Rossiya havo hujumlari davom etayotgani sababli Ukrainada köplab şoşilinç işlar borligini aytgan. Uning sözlariga köra, u Şveytsariyaga faqat imzolaş uçun hujjat tayyor bölsa yoki, jumladan, havo mudofaasi vositalarini yetkazib beriş böyiça yangi, aniq yordam va’dalari paydo bölgan taqdirda boradi.