Germaniya AQŞ prezidenti Donald Tramp taklif qilayotgan “Tinçlik kengaşi” deb ataluvçi tuzilmada uning hozirgi körinişida iştirok etmoqçi emas. Bu haqda Germaniya kansleri Fridrix Mers juma kuni, 23 yanvarda Rimda Italiya boş vaziri Jorja Meloni bilan ötkazilgan qöşma matbuot anjumanida bildirdi.

Mersning aytişiça, u bir neça hafta oldin Trampga “Tinçlik kengaşi”ga qöşilişga tayyorligini aytgan — agar u, dastlab rejalaştirilganidek, Ğazo sektoridagi tinçlik kelişuvlariga rioya etilişini nazorat qiluvçi organ bölsa. Ammo Tramp hozir rejalaştirayotgan şakldagi bu organga “biz, heç bölmasa, boşqaruv tuzilmalariga, jumladan Germaniyaning konstitutsiyaviy huquqi bilan boğliq sabablar tufayli ham, rozi böla olmaymiz”, deya tuşuntirdi GFR hukumati rahbari.

Şu bilan birga, Fridrix Mersning ta’kidlaşiça, Germaniya AQŞ bilan hamkorlikning yangi şakllarini ham sinab körişga tayyor — “agar gap turli hududlarda tinçlikka yaqinlaştiradigan yangi formatlarni izlaş haqida boradigan bölsa”, bu faqat Ğazo sektori va Yaqin Şarqdagina emas, balki Ukrainada ham bölişi mumkin.

Jorja Meloni ham Trampning “Tinçlik kengaşi”ga qöşiliş taklifini rad etdi va Mersning sabablariga öxşaş dalillarni keltirdi. Uning sözlariga köra, bu organ hozir qanday tuzilgan bölsa, unda Italiyaning iştiroki öz konstitutsiyasiga zid bölar edi. Melonining ta’kidlaşiça, kengaş nizomi ham Italiyaning “huquqiy tizimiga mos kelmaydi”, bu haqda u Rimda AQŞ prezidentiga allaqaçon xabar bergan.

Italiya boş vaziri, u kötargan masalalar hal etilsa, Rim “Tinçlik kengaşi”da iştirok etiş taklifini qayta körib çiqişga tayyor bölişini bildirdi.

Aytilişiça, “Tinçlik kengaşi” Ğazo sektorida tinçlikni tartibga soliş rejasini ta’minlaş maqsadida tuzilgan va hatto öz faoliyati uçun BMT mandatini ham olgan. Biroq uning nizomi bilan tanişgan kuzatuvçilar “Tinçlik kengaşi”ning vakolatlari ança keng bölib qolişi va u BMTga raqobatçiga aylanib ketişi mumkinligini qayd etmoqda.

Şu bilan birga, “Tinçlik kengaşi”da qaror qabul qiliş vakolatlari Donald Tramp qölida jamlanişi belgilanmoqda. Şuningdek, u ehtimol, kengaş raisi lavozimini umrbod saqlab qolişi ham mumkin, çunki uning lavozimdan ketişi faqat şaxsiy xohişi bilan yoki ijro qömitasi a’zolarining yakdil qarori bilan amalga oşişi mumkin. Ijro qömitasi tarkibiga, boşqalar qatorida, Trampning kuyovi Jared Kuşner ham kiradi.