Germaniya va Italiya 23 yanvar, juma kuni Rimda bölib ötgan hukumatlararo maslahatlaşuvlar yakunlariga köra strategik şeriklikni çuqurlaştirişga kelişib oldi. GFR kansleri Fridrix Mers va bir qator federal vazirlar taşrifi çoğida ikki hujjat imzolandi: Germaniya–Italiya “strategik hamkorlik böyiça harakatlar rejasi” va mudofaa hamda xavfsizlik sohasida özaro hamkorlik qiliş haqidagi deklaratsiya.
Mersning sözlariga köra, Germaniya va Italiya “faol migratsiya siyosati”ni qöllab-quvvatlaydi, iqtisodiyotga “yangi turtki” beriş tarafdori, şuningdek ikki mamlakat mudofaa sanoati hamkorligiga “yangi dinamika” kiritişni istaydi.
Mers 2026 yilda Germaniya va Italiya “umumiy tarixda kam uçragan darajada yaqin” ekanini, ikki mamlakat oldida turgan çaqiriqlarni baholaşda katta darajada muvofiqlik borligini aytdi.
Uning ta’kidlaşiça, Berlin va Rim oldida ikki asosiy vazifa turibdi: sanoat raqobatbardoşligini kuçaytiriş va xavfsizlik darajasini oşiriş. “Biz yagona Yevropa Ittifoqi va yangi ‘katta davlatlar davri’da kuçli NATO uçun kuraşyapmiz”, — dedi kansler.
Italiya boş vaziri Jorja Meloni qöşma matbuot anjumanida tomonlar allaqaçon yaqin bölgan şeriklik doirasida “yanada ulkanroq maqsadlar”ni oldiga qöyganini bildirdi.
Meloni umumiy mudofaa siyosati va AQŞ prezidenti Donald Tramp ma’muriyati haqida gapirar ekan, Yevropa davlatlari “boşqalar biz uçun nima qilişi mumkin” degan savolni beriş emas, balki “biz özimiz nima qilişimiz kerak” degan masalaga e’tibor qaratişi lozimligini ta’kidladi.
Berlin va Rim kelişgan harakatlar rejasi ikki tomonlama hamkorlikni hamda Yevropa Ittifoqi darajasida muvofiqlaştirişni çuqurlaştirişga qaratilgan. Ikki hujjatda ham Germaniya va Italiyaning YeI va NATOdagi roli alohida urğulanadi, şuningdek Rossiya tajovuzi davom etayotgan şaroitda Ukrainaga keyingi qöllab-quvvatlaşga sodiqlik tasdiqlanadi.
Germaniya tomonidan hujjatlarni imzolaşda Mersdan taşqari töqqiz nafar federal vazir iştirok etgan. Ular orasida moliya vaziri Lars Klingbayl, taşqi işlar vaziri Yoxann Vadeful, mudofaa vaziri Boris Pistorius, içki işlar vaziri Aleksander Dobrindt va iqtisodiyot vaziri Katerina Rayxe ham bor.
Xavfsizlik va mudofaa böyiça alohida deklaratsiyada Germaniya va Italiya operatsiyalar, missiyalar, inqirozlarni boşqariş va harbiy tayyorgarlik sohalarida hamkorlikni çuqurlaştirişga, şuningdek mudofaa tarmoqlari kooperatsiyasini kengaytirişga kelişdi. Bu, jumladan, havodan mudofaa va raketaga qarşi mudofaa, harbiy kemalar qurilişi hamda aviatsiya jangovar tizimlari sohalarini ham öz içiga oladi.












