Janubiy Koreya sun’iy intellektni tartibga soluvçi qonun kuçga kirgan dunyodagi ilk davlatga aylandi. Uşbu hujjat sun’iy intellekt yordamida yaratilgan kontentlar, jumladan, tasvirlar, videolar, audiolar va dipfeyklarni majburiy ravişda belgilab qöyişni talab qiladi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Gap 2026 yil yanvar oyidan amal qila boşlagan «Sun’iy intellekt töğrisidagi asosiy qonun» (AI Basic Act) haqida boryapti. Normativ hujjat sun’iy intellekt xizmatlari faoliyatida şaffoflik talablarini nazarda tutadi va generativ modellar tomonidan yaratilgan barça materiallarni majburiy ravişda belgilaşni talab etadi. Foydalanuvçilar kontent SI natijasi ekani haqida oçiq-oydin xabardor qilinişi şart.
Ayniqsa, soğliqni saqlaş, transport, moliya va xavfsizlik kabi «xavf yuqori» sohalar uçun alohida talablar belgilangan. Bu yönalişlarda sun’iy intellektdan foydalaniş faqat inson nazorati mavjud bölgan taqdirdagina ruxsat etiladi.
Qoidalarni buzganlik uçun ma’muriy jarimalar közda tutilgan.
Şu bilan birga, hukumat ötiş davri joriy etilganini ma’lum qildi. Bu paytda kompaniyalar yangi talablarga moslaşişi uçun sanksiyalar qöllanmaydi.
Ma’lumot uçun, mazkur qonun Janubiy Koreya parlamenti tomonidan 2024 yil oxirida qabul qilingandi. Asosiy maqsad — dipfeyklar va boşqa SI-kontent bilan boğliq dezinformatsiya hamda suiiste’mol xavflarini kamaytiriş, şuningdek, jamiyatning yangi texnologiyalarga bölgan işonçini oşirişdan iborat.












