DXX raisi Bahodir Qurbonov ötgan haftadagi çiqişida korrupsiyani Özbekiston uçun eng asosiy 4 ta tahdiddan biri deb körsatgan edi. Xöş, bu baloni daf qiliş nimalar qilinişi kutilyapti? Prezident farmoni bilan, korrupsiyaga qarşi kuraşiş sohasidagi özgarişlar belgilab berildi.
Katta loyihalar – lupa ostida
Farmon asosida, Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligiga yangi vakolatlar berildi.
Jumladan, agentlik bundan buyon xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumatlarning mablağlari hisobidan moliyalaştiriladigan loyihalar böyiça qarorlar qabul qilişda korrupsiyaviy omillar, şu jumladan, manfaatlar töqnaşuvini aniqlaş va oldini olişga mas’ul böladi.
Taşqi manbalar hisobidan qilinadigan loyihalar köpinça mayda-çuyda emas, millionlab yoki milliardlab dollarlik yirik loyihalar bölişini inobatga olsak, bu – Agentlikning yangi vakolatlari içida eng muhimlaridan biri ekani oydinlaşadi.
Yaşirin hujjatlar
Berilgan topşiriqqa köra, Agentlik vazirlar, hokimlar va boşqa mansabdorlar çiqarayotgan qarorlar va buyruqlarning keng jamoatçilikdan asossiz ravişda yaşirib qöyilişiga çek qöyişi kerak. Bu yerda gap E-qaror tizimi haqida ketyapti. Farmon bilan, Akmal Burhonov rahbarligidagi idoraga E-qaror tizimida oçiqlik töğrisidagi qonunçilikka rioya etilişini nazorat qiliş va oçiqlikni ta’minlaş böyiça ta’sirlar çoralarni qöllaş vakolati berildi.
“Respublika va mahalliy ijroiya hokimiyati organlari tomonidan qabul qilingan hujjatlarni E-qaror elektron tizimida asossiz ravişda e’lon qilmaslik – davlat hokimiyati va boşqaruv organlari faoliyatining oçiqligi töğrisidagi qonunçilikni buziş deb hisoblanadi hamda tegişli javobgarlikka tortişga asos böladi”, – deyiladi farmonda.
Korrupsiyaga qarşi ekspertiza
Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi amaldagi normativ hujjatlarni korrupsiyaga qarşi ekspertizadan ötkaziş jarayonini muvofiqlaştiriş vakolatini ham oldi. Bungaça agentlik asosan yangi işlab çiqilayotgan hujjatlarni korrupsiyaga qarşi ekspertizadan ötkazib kelayotgan edi. Endi esa, allaqaçon qabul qilingan va hozir amal qilib kelayotgan minglab hujjatlar ham ekspertizaga tortilişi mumkin. Ularda korrupsion xavf-xatarlar aniqlangan taqdirda, Agentlik bu haqda Prezident administratsiyasiga axborot kiritadi.











