Özbekiston taşqi işlar vaziri Baxtiyor Saidov Saudiya Arabistoni podşohligining Özbekistondagi yangi elçisi Saad bin Nosir bin Abdulloh Abu Haymedni qabul qildi. Uçraşuv çoğida elçi özining işonç yorliqlari nusxalarini topşirdi, şu bilan mamlakatdagi diplomatik faoliyati rasman boşlandi.

Qayd etilişiça, sönggi yillarda Özbekiston va Saudiya Arabistoni örtasidagi munosabatlar siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, energetika va madaniy-gumanitar sohalarda jadal rivojlanib bormoqda. Tomonlar özaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytiriş, yangi qöşma loyihalarni amalga oşiriş hamda aloqalarni sifat jihatdan yangi bosqiçga olib çiqiş masalalarini muhokama qildi.

Uçraşuvda, şuningdek, savdo hajmini oşiriş, investitsiya loyihalarini qöllab-quvvatlaş, energetika sohasida hamkorlikni kuçaytiriş hamda madaniy almaşinuvni faollaştiriş ustuvor yönalişlar sifatida belgilandi.

Uçraşuv yakunida Baxtiyor Saidov elçiga Özbekistondagi diplomatik faoliyati davomida muvaffaqiyatlar tilab, uning faoliyati ikki mamlakat örtasidagi döstona munosabatlarni yanada mustahkamlaşga xizmat qilişini ta’kidladi.