23 yanvar kuni Samarqandda Milliy AI Hackathonʼning mintaqaviy final bosqiçi bölib ötdi. Tanlovda viloyatning yoş mutaxassislari tibbiyot, ta’lim, tadbirkorlik, kiberxavfsizlik, noqonuniy moddalar aylanmasiga qarşi kuraşiş kabi jamiyatning muhim sohalaridagi dolzarb muammolarni sun’iy intellekt yordamida hal qilişga qaratilgan loyihalari bilan iştirok etdi. 

Xususan, ijtimoiy tarmoqlarda giyohvandlik vositalarining yaşirin reklamasini aniqlaş, talabalar uçun mentorlik platformalari, şuningdek, kasalliklarni taşxislaşni avtomatlaştiriş tizimlari hakamlar e’tiboriga havola etildi. 

Iştirokçilar öz loyihalari ustida “Uzum” milliy raqamli ekotizimi va mamlakatning boşqa yetakçi IT-kompaniyalari mutaxassislaridan iborat mentorlar jamoasi kömagida işladi. 

Bu jarayon yoşlarga tajribali ekspertlardan amaliy könikmalarni örganiş imkonini berdi. Hakamlar hay’ati jamoalarni texnik tayyorgarlik darajasi, loyihaning bozor talablariga mosligi va dolzarbligi böyiça baholadi. Dastlabki bosqiçlardan muvaffaqiyatli ötgan 25 ta eng yaxşi loyiha mintaqaviy finalda bellaşdi.

● Ta’lim yönalişida: “AI-club” jamoasi (Abituriyentlarni oliy öquv yurtlariga kirişga tayyorlaşga kömaklaşuvçi AI-mentor loyihasi); 
● Tadbirkorlik yönalişida: “Yoş dasturçi” jamoasi (Tadbirkorlar uçun davlat imtiyozlari va qöllab-quvvatlaş çoralarini topib beruvçi AI-platforma); 
● Tibbiyot yönalişida: “21” jamoasi (Xususiy klinikalar uçun onlayn röyxatga oliş, birlamçi diagnostika va bemor holatini doimiy tahlil qiliş tizimi);
● Kiberxavfsizlik yönalişida: “Unit coders” jamoasi (Fayl va xabarlarni oflayn rejimda tahlil qilib, kibertahdidlarni oldindan aniqlovçi himoya yeçimi); 
● Noqonuniy moddalar aylanmasi nazorati: “Cyber team” jamoasi (Ijtimoiy tarmoqlarda taqiqlangan moddalar savdosi va xavfli kontentni erta aniqlaş loyihasi). 

Mazkur loyiha Raqamli texnologiyalar vazirligi, Soğliqni saqlaş vazirligi, Içki işlar vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoşlar işlari agentligi, IT Park Uzbekistan, AICA, ML Community hamda Uzinfocom hamkorligida amalga oşirilmoqda. Tadbirning boş homiysi — Uzum milliy raqamli ekotizimi.