Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent metrosida poyezd bekatlar oraliğida töxtab qolgani haqidagi xabar tarqaldi. Holat yuzasidan “Toşkent metropoliteni” DUK rasmiy ma’lumot berdi.
Ma’lum bölişiça, 23 yanvar kuni soat 23:31 lar atrofida “Puşkin” metro bekatidan “Hamid Olimjon” bekati tomon harakatlanayotgan 10-sonli harakat tarkibi tunnel içida harakat xavfsizligiga tösqinlik qiluvçi metall buyum mavjudligini aniqlagan. Bu haqda zudlik bilan poyezd nozimi xabardor qilingan. Harakat nizomiga asosan kontakt relsdan tok uzilgan holda xodimlar tomonidan harakat xavfsizligi töliq ta’minlangan.
Holat bartaraf etilgunga qadar poyezd taxminan 13 daqiqa töxtab turgan. Yöl tozalangaç, poyezdlar harakati belgilangan jadval asosida qayta tiklangan.












