AQŞ prezidenti Donald Tramp Eronga qarşi harbiy harakatlar ehtimolini yana rad etmadi — bu mamlakatda hokimiyat ommaviy norozilik aksiyalarini qattiqqöllik bilan bostirgan. “Bizda armada bor — ulkan flot har ehtimolga qarşi şu tomon harakatlanyapti. Balki uni işlatişga töğri kelmas. Köramiz”, — dedi Tramp payşanba kuni, 22 yanvarda Davosdagi Jahon iqtisodiy forumi (JIF)dan qaytar ekan, jurnalistlarga.
Şu bilan birga, Oq uy rahbari Tehronga qarşi harbiy kuç işlatişni istamasligini ham qöşimça qildi. “Biz Eronni kuzatyapmiz, — dedi u. — Biz ularni juda diqqat bilan kuzatyapmiz”.
Reuters agentligi ismini oşkor qilmaslikni söragan amerikalik amaldorlarga tayanib xabar berişiça, yaqin orada Yaqin Şarqqa “Avraam Linkoln” aviataşuvçisi boşqariladigan raketalarga ega bir neça esminets hamrohligida yetib boradi. Agentlik manbalaridan biri, şuningdek, Eron tomonidan ehtimoliy zarbalardan AQŞ bazalarini himoya qiliş uçun mintaqada qöşimça havo mudofaasi tizimlarini joylaştiriş ehtimoli haqida ham aytgan.
AQŞda joylaşgan HRANA huquqni himoya qiliş tarmoği Erondagi ommaviy namoyişlarni bostiriş paytida 5002 kişi halok bölganini tasdiqladi. Huquq himoyaçilari ma’lumotlariga köra, bu raqamga 4714 nafar namoyişçi, 207 nafar davlat xodimi, 42 nafar voyaga yetmagan va 39 nafar tasodifiy şaxs kiradi. Yana 9787 ta ölim holati böyiça tekşiruv davom etyapti.
Avvalroq Eron hukumati vakili ham Reuters agentligiga maxfiylik şarti bilan şunga yaqin raqamni aytgan: kamida 5000 kişi halok bölgan, ular orasida taxminan 500 nafar kuç tuzilmalari xodimlari bor. Amaldor “aybi yöq eronliklar” ölimi uçun aybni namoyişçilarning öz zimmasiga yuklagan.
Bundan taşqari, HRANA faollari ma’lumotiga köra, taxminan 26 800 kişi hibsga olingan. Eron davlat OAV ham mamlakatning bir neça hududlarida sönggi kunlarda köplab hibslar bölganini xabar qilgan.
Trampning bu bayonotlari 2025 yil dekabri oxirida boşlangan Erondagi namoyişlarni qattiqqöllik bilan bostiriş fonida yangradi. Avvalroq AQŞ prezidenti, agar Eron hokimiyati namoyişçilarni ommaviy ravişda öldira boşlasa, Eronga “hali körilmagan zarbalar” beriş bilan tahdid qilgan va namoyişçilarga yordam “yölda” ekanini aytgan edi. Biroq 16 yanvar kuni Tramp yumşoqroq ohangda gapirib, “Eron 800 dan ziyod odamni osib öldirişni bekor qildi”, degan.
Şu bilan birga, Tramp ma’muriyati harbiy harakatlarga tayyorgarlikni davom ettirgan. Axios naşri manbalarga tayanib, Tramp zarbalar haqida qarorni keçiktirganini, ammo harbiy variant kun tartibidan olib taşlanmaganini qayd etgan.












