“Sport kuraşlarini yanada rivojlantiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi prezident qarori qabul qilindi.
Qarorga köra, 2026 yildan sport kuraşlari böyiça musobaqalarni muntazam ötkaziş tizimi yölga qöyiladi. Jumladan, Özbekiston prezidenti kubogi, boş prokuror kubogi, “Özbekiston botirlari” turniri, şuningdek, Qurolli kuçlar va huquqni muhofaza qiluvçi organlar harbiy xizmatçilari hamda xodimlari örtasida kubok va çempionatlar taşkil etib boriladi.
Hujjatda Özbekiston sport kuraşlari assotsiatsiyasi huzurida Mintaqaviy sport kuraşlari akademiyasini taşkil etiş nazarda tutilgan. Şu bilan birga, Sport vazirligi huzuridagi kuraş mahorat maktablarida milliy kuraş va sport kuraşlari böyiça sportçilarni tayyorlaş tizimi yölga qöyiladi.
Qarorga muvofiq, 2026-2027 öquv yilidan har bir tuman (şahar)da kamida 1 tadan umumiy örta ta’lim muassasasida sport kuraşlariga ixtisoslaşgan sport klublari taşkil etiladi va kuraş mahorat maktablariga biriktiriladi.
Şuningdek, sportçilarni zamonaviy ilmiy-metodik yondaşuvlar asosida tayyorlaş maqsadida xorijiy trenerlar va mutaxassislarni jalb etiş çoralari ham belgilangan.









