Surxondaryo viloyatining Denov tumanida Tojikiston fuqarosini tutqunlikda saqlagan şaxs qamoqqa olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
«Denov şahrida yaşovçi, 1993 yilda tuğilgan muqaddam sudlangan şaxs Duşanbe şahrida istiqomat qiluvçi, 1993 yilda tuğilgan Tojikiston Respublikasi fuqarosini noqonuniy ravişda uşlab turgan.
Aniqlanişiça, denovlik şaxs Duşanbe şahrida yaşovçi 1988 yilda tuğilgan tanişiga 11 ming AQŞ dollari bergan va garov sifatida uning şerigini Denov şahrida olib qolgan», – deyiladi xabarda.
Pullar öz vaqtida qaytarilmaganidan söng Tojikiston fuqarosini tutqunlikda uşlab, turli qiynoqlarga solgan va unga oğir darajada tan jarohati yetkazgan.

Zöravonga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllangan.

















