2025 yilda Özbekistonda örtaça oylik iş haqi 6 mln 376 ming sömni taşkil etib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 18,9 foizga ösdi. Bu haqda Milliy statistika qömitasi xabar berdi.

Hududlar kesimida örtaça oylik iş haqining eng yuqori miqdori Toşkent şahri (10 mln 753 ming), Navoiy (7 mln 871 ming) va Toşkent viloyatida (5 mln 967 ming), eng kam miqdori esa Qaşqadaryo (4 mln 476 ming), Surxondaryo (4 mln 481 ming) va Farğona (4 mln 730 ming) viloyatlarida qayd etilgan.

Oylik maoşlarning eng yuqori ösişi Namangan (+22,8 foiz), Sirdaryo (+20,8 foiz) va Jizzax (+20,7 foiz) viloyatlarida kuzatilgan.

Hisobot davrida faqatgina ikkita ma’muriy hududda (Toşkent şahri va Navoiy viloyati) nominal iş haqi respublikadagi örtaça darajadan yuqori bölib, qolgan barça hududlarda bu körsatkiç respublika darajasidan turli miqdorda past şakllangan.

Poytaxt va hududlar örtasidagi iş haqi farqi kattaligiça qolyapti. Xususan, eng yuqori (Toşkent) va eng past (Qaşqadaryo) iş haqi örtasidagi tafovut 2,4 barobar bölgan.

2020-2024 yillarda eng köp va eng kam örtaça oylik tölanuvçi hududlardagi tafovutlar:

  • 2020 yilda: (Toşkent/Qaşqadaryo). Farq – 96 foiz;
  • 2021 yilda: (Toşkent/Surxondaryo). Farq – 2,03 barobar;
  • 2022 yilda: (Toşkent/Samarqand). Farq – 2,17 barobar;
  • 2023 yilda: (Toşkent/Namangan). Farq – 2,25 barobar;
  • 2024 yilda: (Toşkent/Qaşqadaryo). Farq – 2,5 barobar.

Hisobot yakunlariga köra, sohalar kesimida örtaça oylik iş haqi miqdori:

  • bank, suğurta, lizing va kredit vositaçilik faoliyatida – 17 mln 597 ming söm;
  •  axborot va aloqa sohasida – 15 mln 298 ming söm;
  • taşiş va saqlaş sohasida – 9 mln 659 ming söm;