Nemis partiyalari vakillari 23 va 24 yanvar kunlari Abu-Dabida bölib ötgan Rossiya, AQŞ va Ukraina vakillarining ilk uç tomonlama muzokaralari haqida fikr bildirdi. Siyosatçilarning köpçiligi heç qanday özgarişni körmayapti, bir qismi esa “kiçik umid uçquni” borligini aytdi. Ular öz mulohazalarini yakşanba, 25 yanvar kuni bildirdi.

Abu-Dabida bölib ötgan Rossiya, AQŞ va Ukraina vakillarining ilk uç tomonlama muzokaralari Foto: Reuters 

“Yana bir bor Ukraina böyiça muzokaralar natijasiz bölib çiqdi. Va yana bir bor aynan Rossiya özining maksimalistik talablari bilan haqiqiy özgarişga tösqinlik qildi. Abu-Dabida muzokaralar davom etayotgan paytda ham Ukrainaga tinç aholi va fuqarolik infratuzilmasiga qarşi hujumlar tölqinlari uyuştirilmoqda”, — deb yozadi Rhenische Post gazetasi XDI/XSI (Xristian-demokratik va Xristian-sotsial ittifoqlar) fraksiyasining Bundestagdagi taşqi siyosat böyiça eksperti Yurgen Xardt sözlarini keltirib. Uning fikriça, “Putin hali ham haqiqiy tinçlikni istamayapti, u Ukrainaning taslim bölişini istayapti”.

Xardtning bu fikriga XDI/XSI fraksiyasi rahbari örinbosari Norbert Ryottgen ham qöşildi. U “Putin bilan muzokara qilib biror narsaga erişiş mumkin” degan ğoyani “illyuziya” deb atadi. “Putin bu uruşni istayapti va özini ğalaba sari ketayotgandek hisoblayapti”, — deydi siyosatçi. Ryottgen, şuningdek, Rossiya prezidenti hozir ehtimol “iqtisodiy va siyosiy jihatdan” uruşni töxtatişga qodir emasligini ham aytdi.

“U iqtisodiyotini butunlay vayron qildi. Unda ikki xonali inflatsiya va foiz stavkalari bor. U Xitoyga qaram, uning neft biznesi işlamayapti. U hozir frontda turgan bir million askarni jamiyatga qaytara oladimi özi? Işsiz va ruhiy-jismoniy jarohat olgan bu odamlarni”, — dedi u ARD telekanalida Karen Miosga olib boradigan tok-şou dasturida.

Bundestagdagi “yaşillar” fraksiyasi raisi örinbosari Agneşka Brugger ham muzokaralar “hozirça heç qanday taraqqiyot bermagani”ni aytdi. U Yevropani “Putinga nisbatan köproq bosim ötkazişga va Ukrainaga kattaroq yordam, şuningdek işonçli xavfsizlik kafolatlarini taqdim etişga” çaqirdi.

Potsdam universiteti professori, harbiy ekspert va tarixçi Zyonke Naytsel esa Putin Abu-Dabidagi muzokaralardan Donald Tramp bilan “umumiy kelişuv” tuziş uçun unga yondaşuv yölini topiş maqsadida foydalanayotganini aytdi. “Lekin men Putin uruşni tugatişi kerak, deb hisoblayotganiga mutlaqo heç qanday alomat körmayapman. Faqat Putin sulh (öt oçişni töxtatiş) orqali uruşni davom ettirişdan köra köproq yutuqqa erişişini tuşungandagina, qandaydir sulh bölişi mumkin”, — dedi ekspert ARD efirida.