Yevropa Ittifoqida Rossiya diplomatlariga nisbatan yangi çeklov çoralari kuçga kirdi — ular RFga qarşi 19-sanksiyalar paketi doirasida qabul qilingan. Yangi qoidalarga köra, yakşanba, 25 yanvar kunidan boşlab RF diplomatik korpusining Şengen hududi böylab erkin harakatlanişi çeklanadi.

Endi Rossiya diplomatlari, konsullik muassasalari xodimlari va ularning oila a’zolari akkreditatsiyasi bölmagan YeIga a’zo davlat hududi orqali safar qiliş yoki tranzit ötiş niyati bölsa, bu haqda kamida 24 soat oldin (24 soatdan keçiktirmay) oldindan xabardor qilişi şart.

Bundan taşqari, YeI a’zosi bölgan ayrim davlatlar Rossiya diplomatlari uçun — boşqa davlat tomonidan berilgan viza yoki yaşaş ruxsatnomasi asosida öz hududiga kiriş uçun alohida ruxsat (kiriş ruxsatnomasi) oliş talabini joriy etişi mumkin.

Yevropa Ittifoqi kengaşining 23 oktyabrdagi majlis yakunlari böyiça qarorida şunday deyilgan: “Bu majburiyatning maqsadi — Rossiyaning Ukrainaga qarşi agressiyasini qöllab-quvvatlayotgan, tobora tajovuzkorlaşib borayotgan razvedka faoliyati şaroitida a’zo davlatlarning xabardorligini ta’minlaş”.

YeI ma’lumotlariga köra, diplomatlarning akkreditatsiya qilingan mamlakatidan taşqarida Şengen hududi böylab erkin harakatlanişi Rossiya diplomatlariga “josuslik va Rossiyaning Ukrainaga qarşi agressiv uruşi haqidagi dezinformatsiyani tarqatiş kabi maxfiy faoliyatda iştirok etiş, jamoat fikrini buriş” imkonini bergan.