Toşkent şahar Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi 26 yanvar kuni ijtimoiy tarmoqlarda «Çorsu bozorida yonğin bölayotganligi aytilmoqda» sarlavhasi ostida tarqalgan xabarlar yuzasidan ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinişiça, 26 yanvar kuni soat 16:04 da Şayxontohur tumani, Beruniy köçasida joylaşgan Çorsu bozorida dökon yonayotgani haqida xabar kelib tuşgan. Qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 16:08 da yetib borgan.
Xabarga köra, yonğin soat 16:20 da qurşab olingan va soat 16:25 da töliq öçirilgan. Yonğin oqibatida tan jarohati olganlar yöq.
Qayd etilişiça, yonğin natijasida dökon yertölasining taxminan 15 kv metr qismi yonib zararlangan.












