Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«O‘zbekneftgaz» sobiq raisi Bahodir Siddiqov qamoqqa olingan
«O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruvi sobiq raisiga qarshi tergov DXX tomonidan olib borilmoqda.
«O‘zbekneftgaz» AJ boshqaruvi sobiq raisi Bahodir Siddiqov ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.
Kun.uz manbasiga ko‘ra, u davlat mablag‘larini talon-toroj qilish va boshqa korrupsiyaviy jinoyatlarda gumon qilinmoqda.
Bugun, 27 yanvar kuni prezident raisligidagi yig‘ilishda hozirda «O‘zbekneftgaz» AJda katta taftish ketayotgani, milliard-milliard so‘mlik talon-torojliklar aniqlangani ma’lum qilindi.
DXX raisiga «O‘zbekneftgaz» AJ uchun mas’ul xodimlarning javobgarligini ko‘rib chiqish topshirilgan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yilning dekabr oyi o‘rtalarida avvaliga O‘zbekiston prezidentining energetik xavfsizlik bo‘yicha vakili Alisher Sultonov, keyin esa «O‘zbekneftgaz» AJ rahbari Bahodir Siddiqov ishdan olingandi.
Sultonov 2013-2015 yillarda «O‘zbekneftgaz» raisi o‘rinbosari, 2015-2018 yillarda «O‘zbekneftgaz» raisi sifatida ishlagan. U 2017 yildan bosh vazir o‘rinbosari sifatida geologiya, yoqilg‘i-energetika kompleksi, kimyo, neft-kimyo va metallurgiya sanoati masalalari kompleksiga ham rahbarlik qilgan. U 2019-2022 yillarda energetika vaziri bo‘lgan, keyinroq prezident maslahatchisi lavozimiga o‘tgandi.
Bahodir Siddiqov 2019-2020 yillarda ham «O‘zbekneftgaz»ga rahbarlik qilgan, 2023 yil ushbu lavozimga qaytgandi. 2025 yil dekabrida iste’foga chiqqanida «boshqa ishga o‘tayotgani» aytilgandi.