Buxoro aeroportida kuzatilgan tumanli ob-havo sharoiti tufayli Utair aviakompaniyasining Moskva—Buxoro yo‘nalishidagi UT807 reysi ekipaji Samarqanddagi muqobil aeroportga yo‘nalishga qaror qildi. Samolyot mahalliy vaqt bilan soat 5:09 da qo‘ngan.

Shuningdek, Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Moskva—Buxoro yo‘nalishidagi HY9608 reysi ekipaji ham Navoiydagi muqobil aeroportga qo‘nishga qaror qildi. Samolyot mahalliy vaqt bilan soat 5:10 da qo‘ngan.

Ma’lum qilinishicha, Uzbekistan Airways’ning Buxoro—Moskva yo‘nalishidagi HY9607 reysi Navoiydagi muqobil aeroportdan amalga oshiriladi. Reysga ro‘yxatdan o‘tgan yo‘lovchilar esa yer usti transporti orqali Navoiyga yetkazib beriladi.