Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xarita: mamlakatlar bo‘yicha sun’iy intellektdan foydalanish darajasi
2025 yilning ikkinchi yarmida dunyoda mehnatga layoqatli aholining 16,1 foiz qismi sun’iy intellekt (SI)dan foydalangan. Bu esa ushbu texnologiyalar yanada keng tarqalishi uchun katta salohiyat borligini ko‘rsatadi.
Foto: Shutterstock
Shu bilan birga, SIdan foydalanish darajasi mamlakatlar kesimida keskin farq qiladi. O‘rtacha hisobda Global shimol mamlakatlarida joriy etilish ko‘rsatkichi 24,7 foizga yetsa, Global janub mamlakatlarida bu ko‘rsatkich atigi 14,1 foizni tashkil qiladi. Mintaqaviy fonga qaraganda, ayniqsa BAA va Singapur kabi davlatlar alohida ajralib turadi — ular qo‘shnilaridan sezilarli darajada oldinda.
Ushbu infografika Microsoft kompaniyasi tayyorlagan “Global AI Adoption in 2025” hisoboti ma’lumotlariga asoslanib, mamlakatlar bo‘yicha SI joriy etilishi darajasini aks ettiradi. Tahlil doirasida Microsoft dunyoning 147 mamlakatida SI qo‘llanishi miqyosini baholagan.
Generativ SI vositalaridan foydalanuvchilar ulushi 64,0 foiz bo‘lgan Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) nafaqat dunyoda 1-o‘rinni egallaydi, balki joriy etilish sur’ati eng yuqori bo‘lgan mamlakatlar qatoriga ham kiradi. ChatGPT ishga tushirilishidan oldin ham BAAda sun’iy intellekt texnologiyalari davlat xizmatlarida faol qo‘llangan. Bunga 2017 yilda milliy SIni rivojlantirish strategiyasi doirasida — iqtisodiyotning to‘qqizta asosiy sektori qamrab olingan holda erta joriy etilgan tartibga solish va boshqaruv asoslari turtki bo‘lgan.
2-o‘rinda Singapur — bu yerda SIdan 60,9 foiz aholi foydalanadi. BAA kabi, Singapur ham sun’iy intellektga erta bosqichdayoq e’tibor qaratgan: infratuzilma, tadqiqot va ishlanmalarga investitsiya kiritgan.
Yevropada yetakchi — Norvegiya: joriy etilish darajasi 46,4 foiz bo‘lib, u jahon reytingida ham 3-o‘rinni egallaydi. Undan keyin Irlandiya (44,6 foiz) va Fransiya (44,0 foiz) keladi — texnologik ekotizimi rivojlangan mamlakatlar.
AQShda SIdan foydalanish darajasi 28,3 foiz bo‘lib, umumiy reytingda 24-o‘ringa to‘g‘ri keladi. Qizig‘i shundaki, SI tadqiqotlarida AQSh yetakchi o‘rinlarda va bu sohadagi eng yirik kompaniyalar ham shu yerda joylashgan bo‘lsa-da, texnologiyaga nisbatan ishonch darajasi nisbatan pastligicha qolmoqda.
Shkalaning ikkinchi uchida Kamboja turibdi: bu yerda SIdan foydalanuvchilar ulushi atigi 5,1 foiz. Garchi asta-sekin taraqqiyot kuzatilayotgan bo‘lsa-da, kengroq joriy etishga to‘sqinlik qilayotgan asosiy omillar — investitsiya yetishmasligi va infratuzilmaning cheklanganligidir.
Mavzuga oid
14:32 / 24.01.2026
Janubiy Koreya birinchilardan bo‘lib sun’iy intellektni tartibga solishni boshladi
07:15 / 24.01.2026
Sun’iy intellekt davri qiroli: Nvidia fenomeni
19:00 / 23.01.2026
Janubiy Koreya dunyoda birinchi bo‘lib sun’iy intellektni tartibga soluvchi qonunni amalga kiritdi
23:21 / 16.01.2026