Mamlakatning Polşadagi elçixonasi diplomatlari Varsovia biznes va amaliy fanlar universiteti rahbariyati bilan uçraşuv ötkazdi. Muloqot davomida universitet rahbariyati 2026–2028 yillar mobaynida Andijon viloyatidagi uşbu ta’lim dargohi filiali faoliyatiga jami 2,35 million AQŞ dollari miqdorida investitsiya kiritiş rejasini ma’lum qildi.
Qayd etilişiça, investitsiya mablağlarini filialning moddiy-texnik bazasini rivojlantiriş, öquv infratuzilmasini yaxşilaş, ustav kapitalini oşiriş, şuningdek, litsenziya talablariga töliq rioya etiş kabi yönalişlarga sarflaş közda tutilgan.
Uçraşuvda uşbu rejalar Andijondagi filial imkoniyatlarini kengaytiriş, ta’lim sifati va zamonaviy öquv şaroitlarini yaxşilaş, şu bilan birga, ta’lim xizmatlarini taşkil etişda belgilangan me’yorlarga muvofiqlikni ta’minlaşga xizmat qilişi ta’kidlandi.












