Hukumat qarori bilan “Yangi zamonaviy suziş havzalarini (basseyn) quriş va işga tuşiriş bilan boğliq xarajatlarni qoplaş böyiça davlat xizmatini körsatiş”ning ma’muriy reglamenti tasdiqlandi.

Uşbu reglamentga muvofiq, talabgorlar tomonidan taqdim etilgan dastlabki 100 ta suziş havzasini quriş va işga tuşiriş bilan boğliq xarajatlar qoplab beriladi.

Bunda mablağlar 2026 yil 1 fevraldan 2028 yil 1 yanvargaça suziş havzalarini taşkil etiş xarajatlarining 50 foizigaça, lekin 100 mln sömdan oşmagan qismi uçun ajratiladi.

Talabgor quyidagi talablarga javob berişi lozim:

- soliq va yiğimlar böyiça qarzdorligi bölmasligi;

- qayta taşkil etiş yoki tugatiş jarayonida bölmasligi;

- faoliyati qonunçilikda belgilangan tartibda vaqtinça töxtatilgan bölmasligi;

- sud qarori asosida tölovga qobiliyatsiz deb e’lon qilingan bölmasligi.

Talabgor xarajatlarni qoplaş uçun Davlat xizmatlari markaziga yoki YaIDXP orqali Turizm qömitasiga ariza bilan murojaat qiladi.

Arizaga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi:

- suziş havzasining loyiha hujjatlari nusxasi;

- suziş havzasini quriş va işga tuşiriş uçun tuzilgan pudrat şartnomasi nusxasi;

- şartnomaga asosan tölov amalga oşirilganini tasdiqlovçi elektron hujjat nusxalari.

Qömita xarajatlarni qoplaş töğrisida qaror qabul qilgan kundan boşlab 10 iş kuni mobaynida mablağlar talabgorning hisobvarağiga ötkazib beriladi.