Qonunçilikda belgilanişiça, 2026 yil 1 fevraldan boşlab taşabbusli budjet mexanizmlarida yangi amaliyot — ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni aholi va davlat örtasida şeriklikda moliyalaştiriş tizimi joriy etiladi.
Yangi tartibning mazmuniga köra, taşabbuskor aholi (fuqarolar, jamoatçilik guruhlari) tomonidan taklif qilingan loyiha böyiça mablağ töplaş jarayonida loyiha qiymatining 50 foizi ixtiyoriy ravişda moliyalaştirilsa, mazkur taşabbus ğolib loyiha sifatida e’tirof etiladi. Şundan söng loyihaning qolgan 50 foizi respublika budjeti mablağlari hisobidan moliyalaştiriladi.
Mazkur yondaşuv taşabbusli budjet doirasida mahalla va hududlar kesimida muhim infratuzilma va ijtimoiy yönalişdagi takliflarni amalga oşirişda aholi iştirokini kuçaytirişga qaratilgan. Şuningdek, şeriklik moliyalaştirişi orqali jamoatçilik taşabbuslarini rağbatlantiriş, mablağlarni töplaş va sarflaşda mas’uliyatni oşiriş maqsad qilingan.
Talabga muvofiq, aholi tomonidan töplanadigan mablağlar ixtiyoriy bölib, belgilangan 50 foizlik uluş ta’minlangan taqdirda davlat tomonidan qolgan qismi budjetdan qoplab beriladi.












