Milliy statistika qömitasining dastlabki ma’lumotlariga köra, mamlakatda 2025 yil davomida foydalanişga topşirilgan turar-joylar umumiy maydoni 15,9 mln kv.mni taşkil qildi. Rasmiy statistikaga köra, uy-joy qurilişi hajmi ötgan yilga nisbatan 2,8 foizga ösgan.

Yetakçi hududlar:

Toşkent viloyati — 1 997,7 ming kv.m (mamlakatda eng yuqori körsatkiç);
Xorazm viloyati — 1 769,7 ming kv.m;
Farğona viloyati — 1 630,8 ming kv.m.

Uşbu hududlar respublika böyiça umumiy quriliş hajmining sezilarli qismini ta’minlagan.

Yuqori körsatkiç qayd etilgan boşqa hududlar:

Namangan viloyati — 1 533,2 ming kv.m;
Buxoro viloyati — 1 518,6 ming kv.m;
Surxondaryo viloyati — 1 364,1 ming kv.m;
Andijon viloyati — 1 335,6 ming kv.m;
Toşkent şahri — 1 000,1 ming kv.m;
Qaşqadaryo viloyati — 1 061,4 ming kv.m.

Şu bilan birga, ayrim hududlarda uy-joy foydalanişga topşiriş körsatkiçi nisbatan past bölgan. Xususan:

Sirdaryo viloyati — 136,1 ming kv.m;
Samarqand viloyati — 436,5 ming kv.m;
Jizzax viloyati — 540 ming kv.m;
Navoiy viloyati — 716,7 ming kv.m;
Qoraqalpoğiston Respublikasi — 841,5 ming kv.m.

Hududlar örtasidagi farqlar quriliş loyihalari kölami, aholi soni, şaharsozlik dasturlari va infratuzilma rivoji kabi omillar bilan boğliq bölişi mumkin.