Germaniya kansleri Fridrix Mers Ukrainaning Yevropa Ittifoqiga tez orada kirişi uçun imkoniyat körmayapti. “2027 yil 1 yanvarigaça kirişi istisno qilinadi. Bu mumkin emas”, — dedi Germaniya hukumati rahbari çorşanba, 28 yanvar kuni Berlinda koalitsiya qömitasi yiğilişi ortidan. Yiğilişda hukmron konservativ blok XDI/XSI va Germaniya Sotsial-demokratik partiyasi (GSDP) rahbarlari iştirok etgan.
Mers ta’kidlaşiça, Yevropa Ittifoqiga a’zo bölişni istagan har qanday mamlakat avval “Kopenhagen mezonlari” deb ataluvçi talablarni bajarişi şart, bu esa, odatda, bir neça yil davom etadi. Şu bilan birga, kansler Ukrainaga istiqbol beriş muhimligini, bu esa mamlakatning YeIga kirişi yölini oçişini qayd etdi.
Kopenhagen mezonlari — 1993 yilda qabul qilingan, Yevropa Ittifoqiga qöşilişni istagan nomzod mamlakatlar uçun asosiy talablardir. Ular quyidagilarni öz içiga oladi: demokratiya, qonun ustuvorligi, inson huquqlari va ozçiliklar himoyasini kafolatlaydigan barqaror davlat institutlarining mavjudligi, işlaydigan bozor iqtisodiyoti, şuningdek, YeI qonunçiligi böyiça majburiyatlarni qabul qilişga tayyorlik.
Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşini töxtatiş böyiça muzokaralar haqida gapirar ekan, Fridrix Mers Germaniya AQŞ va Ukraina delegatsiyalari bilan yaqin aloqada ekanini bildirdi. “Biz, şuningdek, birgalikda hujjatlarni tayyorladik, va hozir, eng avvalo, Ukraina va Rossiya tomoni örtasida töğridan töğri muzokaralar olib borilayotgani yaxşi. Ular imkoni boriça tezroq natijaga olib kelişiga umid qilamiz”, — deya ta’kidladi kansler. U şunday qöşimça qildi: muzokaralar doirasida GFR vositaçi rolida emas, balki Ukrainaga bu uruşni yakunlaş istagida ittifoqçi sifatida qatnaşmoqda.
GFR vitse-kansleri va moliya vaziri Lars Klingbayl esa Ukrainada tinçlik böyiça muzokaralarda Mersning sa’y-harakatlarini alohida qayd etdi. “Yevropa ma’lum muddat muzokaralar jarayonidan çetda qolib ketgan edi, aynan federal kansler tufayli yaqin aloqa qayta tiklandi — ham Ukrainaning yevropaliklar bilan, ham amerikaliklarning yevropaliklar bilan”, — dedi GSDP hamraisi.
Biroq Klingbayl fikriça, Germaniya, Yevropa va Rossiya örtasidagi töğridan töğri muzokaralar hozirgi paytda örinsiz böladi: “Yevropa davlatlari va hukumatlari rahbarlari yana qaçon Putin bilan töğridan töğri gaplaşadi — buni keyinroq hal qilişga töğri keladi. Ammo hozir — aynan öşa payt emas”.












