

Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva bilan birga rasmiy taşrif bilan Anqara şahriga bordi.
«Esenboğa» xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonlarni Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdöğan va rafiqasi kutib oldi.


Ikki davlat bayroqlari kötarildi, faxriy qorovul saf tortdi.
Davlat rahbarlari va birinçi xonimlar qisqa uçraşuv ötkazdi. Suhbatda Özbekiston bilan Turkiya örtasidagi keng qamrovli strategik şeriklik munosabatlarini kengaytiriş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.


29 yanvar kuni Anqaradagi Oqsaroy qarorgohida oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengaşining törtinçi yiğilişi bölib ötadi.
Muzokaralarda siyosat, savdo-iqtisodiyot, investitsiya, transport, energetika, madaniyat, gumanitar soha va boşqa ustuvor yönalişlarda amaliy hamkorlikni kengaytiriş bilan boğliq masalalar atrofliça körib çiqiladi.
Anqara şahridagi tadbirlar doirasida Xatay viloyatining Arsuz tumanida «Özbekiston» turar joy majmuasining oçilişi va Istanbulda özbek maktabining qurilişini boşlaşga bağişlangan marosim ham bölib ötadi.











