Özbekiston Migratsiya agentligi 29 yanvar kuni Turkiyaning Mehnat va ijtimoiy ta’minot vazirligi bilan muhim kelişuvlarga erişilganini e’lon qildi.

Kelişuvlar quyidagilardan iborat:

- Turkiyada noqonuniy maqomda bölgan özbekistonliklarni deportatsiyasiz legallaştiriş amaliyotini davom ettiriş;

- Turkiyada 3 yil doimiy asosda yaşagan özbekistonliklarga şu yil 1 martdan boşlab, ilk bor iş ruxsatnomasini beriş;

- Mehnat vazirligi huzuridagi İŞKUR taşkiloti tomonidan talab yuqori bölgan kasblarni markazlaştirib, Migratsiya agentligiga talabnoma taqdim qiliş kabi masalalar böyiça Bitim imzolaş.

Xabarda kelişuvlarning boşqa tafsilotlari keltirilmagan.