AQŞ prezidenti Donald Tramp Kuba tomonidan kelayotgan tahdid bilan boğliq holda favqulodda holat e’lon qildi va Havanaga neft sotadigan yoki boşqa tarzda yetkazib beradigan mamlakatlardan keladigan tovarlarga tariflar (bojlar) joriy etiş tartibini belgiladi. Bu haqda Oq uy 29 yanvar, payşanba kuni xabar berdi.
Oq uy ma’lumotiga köra, farmon “AQŞning milliy xavfsizligi va taşqi siyosati Kuba rejimi tomonidan olib borilayotgan yovuz niyatli harakatlar va siyosatdan himoya maqsadida” imzolangan.
Hujjat Qöşma Ştatlarga Kubaga töğridan töğri yoki bilvosita neft yetkazib berişni amalga oşirayotgan har qanday mamlakatdan import qilinadigan mahsulotlarga qöşimça bojlar joriy etiş imkonini beradi.
Oq uyda ta’kidlanişiça, Vaşingtonning bu çoralari Kuba rejimi “döst bölmagan kuçlar, terrorizm”ni qöllab-quvvatlagani va “mintaqaviy beqarorlik”ni yuzaga keltirgani uçun uni javobgarlikka tortişga qaratilgan. Bu beqarorlik esa “AQŞ xavfsizligi va taşqi siyosati”ni xavf ostiga qöyadi.
Vaşingtonda, şuningdek, Kuba hududida Rossiyaning radiorazvedka ma’lumotlarini yiğiş böyiça eng yirik xorijiy obekti joylaşgani aytildi. Xabarda davom etilişiça, Havana transmilliy terroristik guruhlarga boşpana ham beradi, rejim esa siyosiy muxoliflarni ta’qib qiladi va ularni qiynoqqa soladi.
Reuters agentligi oldinroq qayd etganidek, sönggi haftalarda Vaşingtonning Kubaga nisbatan ritorikasi sezilarli darajada qattiqlaşgan. Jurnalistlar şunday xulosa qilgan: “Trampning Kubaga bosimi — mintaqadagi davlatlarni Qöşma Ştatlar pozitsiyasiga mos harakat qilişga majburlaş istagi yölidagi navbatdagi keskinlaşuv bosqiçidir. Bu Tramp ma’muriyatining ğarbiy yarimşarda ustunlikka erişiş böyiça jiddiy ambitsiyalarini körsatadi”.
Donald Tramp 11 yanvar kuni özining Truth Social ijtimoiy tarmoğida Kuba “köp yillar davomida Venesueladan katta hajmda neft va pul hisobidan yaşab kelgani”ni yozdi. Uning aytişiça, Kuba buning evaziga 1999–2013 yillarda Janubiy Amerikadagi mazkur mamlakat prezidenti bölgan Ugo Çavesga va Venesuela rahbari Nikolas Maduroga “xavfsizlik xizmatlari” körsatgan. Matnda aytilişiça, Maduro 3 yanvar kuni AQŞ armiyasi maxsus bölinmalari tomonidan qölga olingan.
Biroq Tramp endi vaziyat özgarişini bildirib ötdi: “Endi Kubaga na neft, na pul keladi — nol”. Oq uy rahbari yana qöşimça qildi: “Men ularga (Kuba hokimiyatiga — tahr.) keç bölmasidan oldin (AQŞ bilan — tahr.) kelişuv tuzişni qat’iy tavsiya qilaman”, deya tahdid qildi. AQŞ prezidenti aynan qanday kelişuvni nazarda tutayotganini aniq aytmadi va Havana uçun oqibatlar mohiyatini ham oçiqlamadi.












