Rossiya va Ukraina 29 yanvar, payşanba kuni 2026 yilda birinçi marta halok bölgan harbiy xizmatçilar jasadlarini almaşdi. “Bugun repatriatsiya tadbirlari ötkazildi, ular doirasida Rossiya tomoni ta’kidlaşiga köra, ukrain himoyaçilariga tegişli bölgan 1000 ta jasad (qoldiq) Ukrainaga qaytarildi”, — deb xabar qildi Ukraina harbiy asirlar bilan işlaş masalalari böyiça muvofiqlaştiriş ştabi Telegram-kanalida. Ştab qöşimça qilişiça, jasadlar va qoldiqlar ekspertiza hamda şaxsini aniqlaş (identifikatsiya) uçun topşiriladi.
Öz navbatida, RF Davlat dumasi deputati Şamsail Saraliyev Rossiyaga 38 nafar harbiy xizmatçi jasadi qaytarilganini ma’lum qildi. Ikki tomon ham bildirganidek, almaşuv Xalqaro Qizil Xoç qömitasi kömagida amalga oşirildi.
Halok bölganlar jasadlarining oxirgi almaşuvi 2025 yil 19 dekabr kuni bölib ötgan. Öşanda Rossiya Ukrainaga 1003 nafar himoyaçining jasadini topşirgan, javoban Rossiya 26 nafar halok bölgan rossiyalik askar jasadini olgan. Rasmiy ma’lumotlarga köra, faqat 2025 yilning özida Kiyevga 15 mingdan ortiq jasad yetkazib berilgan.
Ukraina tomoni avvalroq bir neça bor Rossiya topşirgan jasadlar köpinça şaxsni aniqlaş jarayonini qiyinlaştiradigan şikastlarga ega bölişini aytgan. Şuningdek, ayrim holatlarda Ukrainaga öz harbiylari örnida rossiyaliklar jasadi topşirilgani haqida ham xabarlar bölgan.












