Özbekiston prezidentining farmoni bilan Bahodir Zokir öğli Normurodov Özbekiston Boş prokuraturasi tizimida komplayens va korrupsiyaga qarşi içki nazorat böyiça boş prokuror örinbosari lavozimiga tayinlandi.
Ma’lum qilinişiça, mazkur lavozim doirasida içki nazorat mexanizmlarini yanada kuçaytiriş, komplayens talablariga rioya etilişini ta’minlaş, korrupsiya xavf-xatarlarini barvaqt aniqlaş va oldini olişga qaratilgan işlar samaradorligini oşiriş kabi vazifalarga alohida e’tibor qaratilişi közda tutiladi.
Şuningdek, manfaatlar töqnaşuvining oldini oliş, xizmat intizomi va şaffoflikni ta’minlaşga qaratilgan profilaktik çora-tadbirlarni muvofiqlaştiriş ham uşbu yönalişning muhim qismi hisoblanadi.
Tayinlov munosabati bilan Bahodir Zokir öğli Normurodov Özbekiston prezidenti administratsiyasidagi komplayens xizmati şu’ba mudiri lavozimidan ozod etildi.








