Oxirgi vaqtlarda Özbekistonda juda köp çinovniklar işdan olindi, ba’zilari qamaldi, korrupsiyada gumonlanganlar ham böldi. Mayda-çuyda mulozimlar emas, katta-katta odamlar, butun boşli generallar işdan olindi. Bir muddat Eron, Amerika, Venesuela siyosati bilan band bölgan siyosiy huşyor fuqarolarimiz özbekça ism-familiyalarni muhokama qila boşladi...

Özaro suhbatlarimizda ustozimiz Şuhrat Şokirjonov «uka, bizga IKEA kirib kelgan kuni çindan rivojlangan bölamiz», deb aytardilar. Men esa qaçonki vazirlar, katta-katta çinovniklar hisobçining oldiga kirib, «oylik qaçon tuşadi», deb söray boşlasa, öşanda töğri yölga tuşgan bölamiz, derdim. Hozir ham şu fikrimda sobitman.

Davlat xizmatçilari çinakam oylikka işlaydigan odamlarga aylanişi mamlakat rivojlanişi uçun muhim omil. «Buning imkoni yöq», deydi köpçilik, lekin imkoni borligini kördik: davlat YPX xodimlarining maoşini oşirdi, har bir yozilgan jarimadan ularga bonus bera boşladi. Qarabsizki, tizimda korrupsiya deyarli yöqoldi. Kiçik holatlar uçrayotgandir, lekin bir neça yil oldingi bilan soliştirganda, farq yer bilan osmonça.

Özbekiston davlat xizmatçisi faqat oylikka işlaydigan odamga aylanişi uçun real harakatlar amalga oşirişni boşladi. Çinovniklar hozir havas qilarli maoş oladi, boşqa kasb egalari bilan soliştirganda, albatta. Masalan, kuni bilan siz-u bizning bolalarimizga qarab, ularga bilim beradigan boğça işçilari bilan qiladigan işidan daragi yöq, nima qilarini özi ham bilmaydigan çinovnikning maoşini soliştirsangiz, farq juda katta. Vaholanki, boğçadagi pedagoglar mamlakatdagi aksar çinovniklardan foydaliroq iş qilişadi.

Davlat öz xizmatçilari maoşini tizimli oşirayotgan bölsa ham poraxörlikni yenga olmayotgani bugungi kundagi eng jiddiy muammomiz. Buning sabablari köp: dunyoqaraş, çinovniklar farovon hayotga örganib qolgani, balki haqiqiy korrupsionerlar jazolanmayotgani. Nima bölganda ham, davlat hal qilişi kerak bölgan eng jiddiy muammo mana şu. Korrupsiya haqidagi xabarlarni öqiganda, undagi mulozimlarning lavozimi va qanaqa katta pullar haqida gap ketayotgani töğrisi qörqinçli.

Boşida biror bemorning yaqini tuşlik puli deb bergan arzimagan pulni olgan hamşirani aşaddiy korrupsiyaçidek körsatib, tabiiyki, kulgiga qolişdi. Oxirgi yillarda hartugul yönalişni özgartirib, juda katta mulozimlar poraxörlik ayblovi bilan qölga olindi.

Mana şu milliardlab pullarni özlaştirişda gumonlanayotgan mulozimlar oladigan maoşlarini millionlab özbekistonliklar orzu qiladi. Lekin afsuski, davlat har qança harakat qilmasin, har qança maoşini oşirmasin, bu çinovniklarni oylikka işlaydigan davlat xizmatçisi qila olmayapti. Ular baribir hisobçidan «oylik qaçon tuşadi?» deb söramayapti.