“Dunyo” AA xabariga köra, Atirau şahrida Özbekiston Boş konsulxonasi diplomatlari, Uzbekistan Airways aviakompaniyasi vakili hamda Atirau viloyati hokimi örinbosari Qayrat Nurtayev örtasida uçraşuv bölib ötgan.
Muzokaralarda viloyatning yölovçi transporti, turizm va investitsiyalar boşqarmalari vakillari ham qatnaşib, fuqaro aviatsiyasi sohasidagi ikki tomonlama hamkorlikni kengaytiriş istiqbollarini muhokama qilgan.
Uçraşuvda Özbekiston hududlari va Atirau viloyati örtasida töğridan töğri havo qatnovining yölga qöyilişi ikki mamlakat örtasidagi turistik, madaniy va işbilarmonlik aloqalarini faollaştirişi alohida ta’kidlangan. Şuningdek, mahalliy hokimiyat yangi aviareyslarni oçişga doir taşkiliy masalalarni hal etiş va loyihani amaliyotga tatbiq etişda har tomonlama kömak körsatişga tayyor ekanini bildirgan.
Muzokaralar yakunida Toşkent–Atirau yönalişi böyiça yangi muntazam reysni oçiş, şuningdek, Özbekiston va Qozoğiston örtasida turistik hamda gumanitar aloqalarni rivojlantirişga qaratilgan qöşma tadbirlarni ötkaziş böyiça kelişuvga erişilgani ma’lum qilindi.












