Yonğin asosan 2-qavatda, bolalar öyingohida yuz bergan. Odamlar sarosimada tartibsiz harakat qilişgan, köpçilik taşqariga otilgan, ota-onalar esa farzandlarini qutqariş uçun özini içkariga urgan. Kun.uz voqea joyidan tayyorlagan reportajda FVV vakili qutqaruv amaliyoti tafsilotlarini aytib berdi.
31 yanvar kuni Toşkent şahri Yaşnobod tumani Parkent köçasida joylaşgan Aviator savdo-köngiloçar markazida yirik yonğin sodir böldi.
Yonğin umumiy ovqatlaniş şoxobçalari va bolalar maydonçasi joylaşgan ikkinçi qavatda çiqib, atrofga tarqalgan. Olov taxminan 800 kvadrat metr maydonni qamrab olgan. Yonğinni öçiriş işlariga 12 ta asosiy va 4 ta maxsus texnika hamda 6 ta suv taşuvçi texnika jalb etilgan.
Dam oliş kuni bölgani sababli bu yerga köplab oilalar yoş farzandlari bilan kelgandi.
Yonğin öçirilganidan keyin bolalar öyingohida 3 yoşli bolaning jasadi topildi.
Toşkent şahar Favqulodda vaziyatlar boş boşqarmasi axborot xizmati boşliği Zuhriddin Qurbonov jurnalistlarga hodisa tafsilotlari haqida aytib berdi. Qayd etilişiça, içkaridan juda köp yoş bolalar olib çiqilgan.
Hodisa haqida xabar berilganda qutqaruv texnikalari zudlik bilan voqea joyiga jönab ketgan. Dastlabki qutqaruv texnikalari yetib kelganda vaziyat tartibsiz holatda bölgan.
«Ayrim fuqarolar içkariga kirayotgan, ayrimlar taşqariga çiqayotgan, tartibsizlik yuzaga kelayotgandi. Şunday şaroitda qutqaruvçilar qutqaruv va evakuatsiya işlariga kirişdi.
Pastki qavatdagi fuqarolar yuqoriga çiqib olgandi, lekin yuqori qavatdagi vaziyat xavfli edi, u yerdagi yoş bolalar öyingohida bolalar juda köp edi – ikkinçi qavatda 120 dan ortiq fuqarolar bor edi.
Birinçi navbatda, xodimlarning barçasi şu fuqarolarni evakuatsiya qilişga jalb etildi. Farzandlari içkarida qolib ketgani sababli ayrim ota-onalar içkariga kirişga urinardi. Tartibsizlik yuzaga kelgandi.
Içki işlar vazirligidan yordam çaqirildi va qutqaruvçilar deyarli barça fuqarolarni va içkarida qolib ketgan bolakaylarni qutqarib olib çiqişga erişdi. Afsuski, yonğin öçirib bölinganidan söng, içkarida 2023 yilda tuğilgan bir bolakayning jasadi topildi. U ham şu bolalar öyingohida bölgan», – deydi u.
Hozirda içki işlar vazirligi va prokuratura organlari tomonidan tergovga qadar suriştiruvlar, xususan, yonğin nimadan kelib çiqqani böyiça örganişlar olib borilmoqda.











