2 fevraldan boşlab Özbekistonning qator hududlaridagi metan zapravkalar soat 10:00 dan 16:00 gaça faoliyat yuritadi, deya xabar bermoqda Energetika vazirligi.

Farğona vodiysida avtomobillarga gaz töldiriş kompressor şoxobçalarining (metan zapravkalar) iş vaqti hokimliklar bilan kelişilgan holda, gaz bosimidan kelib çiqib belgilanadi.

«Ijtimoiy soha obektlariga xizmat körsatuvçi maxsus texnika va jamoat transportlari uçun gaz ta’minoti çeklovlarsiz, barqaror tarzda ta’minlanadi», – deyiladi xabarda.

Çeklovlar yumşatilişi amalda kunlar isiyotgan vaqtga töğri kelmoqda.

Eslatib ötamiz, energetika vazirligi havo harorati pasayişi munosabati bilan 20 yanvardan respublikada metan zapravkalari faoliyatiga çeklov kiritgandi. Ya’ni, amalda bunday yoqilği quyiş şoxobçalari yopilgandi. Natijada hududlarda jamoat transporti faoliyatida muammolar yuzaga kelgandi.