1 fevral kuni mahalliy vaqt bilan soat 10:30 atrofida Turkiyaning Antalya şahri yaqinida yölovçi avtobus ağdarilib ketdi. Dastlabki ma’lumotlarga köra, Buzlu kompaniyasi yölovçi avtobusi haydovçi boşqaruvni yöqotişi oqibatida yöl çetidagi tösiqni buzib ötgan va çuqurlikka tuşib ketgan. Bu vaqtda avtobus Taqirtoğdan Isparta tomon ketayotgandi.

Mahalliy naşrlarga köra, hodisa oqibatida 8 kişi halok bölib, 26 kişi jarohatlangan. Qayd etilişiça, avariyadan keyin yölovçilar avtobus içida qisilib qolgan.

Jabrlanuvçilar şifoxonaga yotqizilgan, ulardan ayrimlari öta oğir ahvolda. Yölovçilarning şaxsi ma’lum qilinmagan.

«Yöl qoplamasi nam bölgan, qolaversa, bu hududda tuman tuşgandi. Bu tezlikni oşirmaslik tavsiya etiladigan joy hisoblanadi, ammo avtobus katta tezlikda harakatlangan körinadi», deya Antalya viloyati gubernatori Xulusi Şahinning sözlarini keltiradi Anadolu.

U yöl-transport hodisaning aniq sababi tekşiruvlar yakunida ma’lum qilinişini qöşimça qilgan.