DXX Çegara qöşinlari hamda Içki işlar organlari hamkorligida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarşi kuraşiş doirasida tezkor tadbir ötkazildi.
Tadbir davomida “özbek-qirğiz” davlat çegarasining Farğona viloyati Rişton tumani hududidan ötuvçi qismini buzib, qöşni davlatdan kirib kelgan Uçköprik tumanida yaşovçi, 1983 yilda tuğilgan şaxs qölga olindi.
Xolislar iştirokida ötkazilgan tekşiruvda uning yonida umumiy bahosi 1 mlrd 320 mln sömni taşkil etuvçi 9 542 dona “Zardeks” kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalari borligi aniqlandi. Mazkur vositalar belgilangan tartibda rasmiylaştirib olindi.
Ta’kidlanişiça, “Zardeks” dori vositasi tarkibidagi “Pregabalin” moddasi Özbekiston Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 27 sentabrdagi 818-sonli qaroriga muvofiq kuçli ta’sir qiluvçi moddalar röyxatiga kiritilgan bölib, uning erkin muomalasi çeklangan.
Hozirda uşbu şaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 223-moddasi 1-qismi, 246-moddasi 1-qismi va 251-1-moddasi 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, unga nisbatan “qamoq” ehtiyot çorasi qöllangan.
Ayni paytda tergov harakatlari olib borilmoqda.












