Ijtimoiy tarmoqlarda «Layk» töplaş, obunaçilarni köpaytiriş maqsadida turli körinişdagi huquqbuzarliklarni sodir etib, uni tasvirga tuşirgan holda internetda tarqatiş holatlari köpayib bormoqda. Bunday huquqbuzarliklarni, belgilangan tartib-qoidalarni mensimaslikni tarğib etganlik uçun jarimalar belgilanmoqda, deb xabar berdi ÖzA.

Qayd qilinişiça, bu boradagi normalar Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga qöşimça va özgartirişlar kiritişga oid qonun loyihasida belgilab qöyiladi. Mazkur qonun loyihasi parlament quyi palatasidagi siyosiy partiyalar fraksiyalarining yiğilişlarida qizğin muhokama qilingan.

Xabarda «Layk» töplaş uçun huquqbuzarlik sodir qilinganda qanday jazo qöllanişiga aniqlik kiritilmagan.

Şuningdek, Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi «Milliy tiklaniş» demokratik partiyasi fraksiyasi yiğilişida Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga qöşimçalar va özgartiriş kiritişni nazarda tutuvçi qonun loyihasi muhokama qilingan.

Mazkur qonun loyihasi bilan ayrim turdagi huquqbuzarliklar, jumladan, telekommunikatsiya hamda Internet tarmoqlarida uyatli sözlar bilan sökiniş, haqoratomuz şilqimlik qiliş va jamoat tartibini buzuvçi boşqa şu kabi harakatlar uçun ma’muriy javobgarlik joriy etilmoqda. Ta’kidlanişiça, loyiha fraksiya a’zolari tomonidan qöllab-quvvatlangan.

Xabarda bunday huquqbuzarlik sodir qilinganda qanday jazo qöllanişiga aniqlik kiritilmagan.