2004 yil noyabrdan 2008 yil oktyabrgaça savdo böyiça yevrokomissar, 2025 yil fevraldan sentabrgaça esa Buyuk Britaniyaning AQŞdagi elçisi bölgan Piter Mandelson hokimiyatdagi Leyboristlar partiyasi safini tark etdi. Bunga sabab sifatida, e’lon qilingan “Epşteyn fayllari”da uning göyo amerikalik moliyaçi Jyeffri Epşteyndan 75 ming dollar olgani haqidagi ma’lumotlar keltirildi, deb xabar berdi The Guardian gazetasi yakşanba, 1 fevral kuni.
Leyboristlar partiyasining boş kotibi Xolli Ridliga yöllagan maktubida Mandelson Epşteyndan pul olgani haqida “heç qanday yozuvi”si yöqligini, bu ayblovlarni “yolğon” deb hisoblaşini, ammo ularni “tekşirişi” kerakligini yozgan. “Şu bilan birga, men Leyboristlar partiyasiga yanada köproq zarar yetkazişni istamayman, şuning uçun uning safidan çiqyapman”, — deydi Mandelson.
Şu kunning özida Buyuk Britaniyaning uy-joy siyosati, jamoalar va mahalliy özini özi boşqariş böyiça vaziri Stiv Rid Mandelson Epşteyn bilan aloqalari yuzasidan AQŞ Kongressi oldida körsatma berişi kerakligini aytdi.
“Epşteyn fayllari”dan 30 yanvar kuni e’lon qilingan bank köçirmalariga köra, 2004 yil iyun oyida Epşteynning JPMorgan bankidagi hisoblaridan Mandelson nomiga oçilgan bank hisoblariga uç marta 25 ming dollardan pul ötkazilgan, deb yozadi The Telegraph gazetasi. Bundan taşqari, AQŞ Adliya vazirligi e’lon qilgan hujjatlarga köra, Mandelsonning turmuş örtoği Reynaldo Avila da Silva 2009 yil sentabr oyida amerikalik moliyaçidan osteopatiya kurslari uçun 10 ming funt sterling söragan va uni olgan.
2025 yil sentabr oyida Epşteyn işiga oid hujjatlarning bir qismi çop etilganidan söng, Mandelson Vaşingtondagi elçi lavozimidan iste’foga çiqqan edi. Epşteynning 50 yilligi munosabati bilan tayyorlangan albomdan e’lon qilingan parçalarda britaniyalik siyosatçi uni “eng yaxşi ulfat” deb atagan. Elektron yozişmalarda Mandelson uni fohişalikni taşkil etgani uçun sudlanganidan keyin muddatidan oldin ozod etiliş uçun kuraşişga çorlagan. “Epşteyn fayllari”dagi suratlarda sobiq yevrokomissar futbolkada, yuzi qora törtburçak bilan yopilgan oq xalatli ayol yaqinidagi xonada aks etgan.
“Men sudlanganidan keyin ham Epşteynga işonib, undan keyin ham u bilan muloqotni davom ettirganimda adaşganman”, — deb tan olgan Mandelson hujjatlar e’lon qilingaç.
Amerikalik moliyaçi Jyeffri Epşteyn 2008–2009 yillarda fohişalikni taşkil etgani uçun jazo ötagan. U 2019 yil 6 iyul kuni voyaga yetmaganlarni fohişalikka majburlaş ayblovi bilan qölga olingan, öşa yilning 10 avgust kuni esa Manhettendagi turma kamerasida, sudni kutib turgan paytida, öz joniga qasd qilgan. 2025 yil dekabr oyida Epşteyn işiga oid hujjatlarning birinçi qismi e’lon qilingan.












