Yaponiya tadqiqot missiyasi davomida okeanning 6000 metr çuqurligida noyob yer elementlarini öz içiga olgan çökmalar topildi. Bu haqda Tokiodagi hukumat duşanba, 2 fevral kuni ma’lum qildi.
Namunalar dekabr oyida Tinç okeanda joylaşgan, Yaponiyaga qaraşli Minamitori oroli tomon yöl olgan “Çikyu” nomli çuqursuv ilmiy burğilaş kemasi orqali yiğilgan. Olimlar bahosiga köra, orol atrofidagi suvlarda 16 million tonnadan ortiq noyob yer elementlari yaşiringan bölişi mumkin. Agar bu tasdiqlansa, uşbu kon dunyodagi eng yiriklaridan biriga aylanadi.
“Agar Yaponiya Minamitori hududida noyob yer elementlarini doimiy ravişda muvaffaqiyatli qazib olişga erişsa, bu sanoatning muhim tarmoqlari uçun içki ta’minot zanjirini ta’minlaydi”, — dedi AFP agentligiga Strategik tadqiqotlar xalqaro instituti (IISS) ilmiy xodimi Takaxiro Kamisuna. Uning ta’kidlaşiça, bu amaldagi boş vazir Sanae Takaiçi hukumati intilayotganidek, Xitoydan noyob yerlar yetkazib berilişiga qaramlikni kamaytirişga ham yordam berişi mumkin.
Noyabr oyida Yaponiya hukumati rahbari bölgan birinçi ayol — Takaiçi Xitoyning Tayvanga hujumi Yaponiya uçun “omon qolişga tahdid soluvçi vaziyat” sifatida baholanişi mumkinligini aytgan edi. Yaponiya qonunçiligiga köra, agar boşqa davlatga hujum Tokio uçun ham oçiq va ravşan tahdid tuğdirsa, armiyani boşqa davlatlar hududida qöllaşga ruxsat beriladi. Pekin, agar Yaponiya boş vaziri bu sözlaridan voz keçmasa, javob çoralari bilan tahdid qilgan.
6 yanvar kuni Xitoy Savdo vazirligi Yaponiyaga ikkilamçi (dual-use) qöllanişi mumkin bölgan mahsulotlarni eksport qilişni taqiqlaşini e’lon qildi. Noyob yer elementlarining bir qismi ham şu röyxatga kiradi.
Nodir yer elementlari — öziga xos xususiyatlarga ega bölgan 17 ta kimyoviy elementdan iborat guruh. Ular yuqori texnologiyali qurilmalar, xususan radioelektronika va asbobsozlik mahsulotlarini işlab çiqariş uçun zarur.
Nodir yer metallari zaxiralari böyiça yetakçi — Xitoy (44 mln tonna). Undan keyin Vetnam (22 mln tonna), Braziliya (21 mln tonna), Rossiya (10 mln tonna) va Grenlandiya (2 mln tonna) keladi.












