Xitoy tez orada elektromobillarning yaşirin eşik tutqiçlarini taqiqlaydi. 2 fevral kuni Sanoat va axborot texnologiyalari vazirligi tomonidan e’lon qilingan qoidalarga köra, endi Xitoyda sotiladigan har qanday avtomobil yukxonasidan taşqari, har bir eşikning içki va taşqi tomonidan oçiladigan mexanik mexanizm bilan jihozlanişi kerak.
Bayonotda aytilişiça, yangi qoidalar «avtomobil konstruksiyalarining xavfsizlik darajasini oşiradi».
CNN xabarida qayd etilişiça, bu orqali Xitoy birinçi marta Tesla avtomobillarida joriy etilgan bunday dizaynlardan foydalanişni taqiqlagan birinçi mamlakat böldi.
Kelgusi yilning 1 yanvaridan kuçga kiradigan yangi qoidalarga köra, har bir avtomobilda eşikni qölda oçiş uçun kamida 6x2x2,5 sm ölçamdagi böş joy bölişi kerak. Avtomobil içida yölovçilar uçun eşikni qanday oçiş kerakligi körsatilgan yozuvlar ham joylaştirilişi lozim.
Hukumat tomonidan tasdiqlangan va Xitoy bozoriga kirişga tayyorgarlik körayotgan avtomobillar 2029 yilgaça eşiklarini oçiş mexanizmini yangilaşi kerak böladi.
Yaşirin eşik tutqiçi Xitoyda keng tarqalgan dizayn yeçimiga aylandi, China Daily naşri ma’lumotiga köra, ular eng köp sotiladigan 100 ta elektr va gibrid avtomobillarning taxminan 60 foiziga örnatilgan.
Yangi standartlar faqat Xitoyda sotiladigan avtomobillarga taalluqli bölsa-da, ular butun dunyo böylab avtoişlab çiqaruvçilarni eşik dizaynini qayta körib çiqişga undaşi mumkin, çunki Xitoy elektromobillar texnologiyasida global yetakçi hisoblanadi.
Bunday çora-tadbirlar Xitoyda sodir bölgan bir qator halokatli baxtsiz hodisalar, jumladan, Xiaomi rusumli ikki avtomobil yonib ketişi ortidan amalga oşirildi.
Oktyabr oyida Çendu şahrida Xitoyning Xiaomi kompaniyasiga tegişli SU7 elektromobili iştirokida halokatli YTH sodir bölgan, guvohlar maşina eşigini oçolmagan va haydovçini tiriklayin yonib ketişdan qutqara olmagandi.
BYD ijroçi vitse-prezidenti Stella Li Bloomberg TV telekanaliga intervyusida kompaniya hukumat talablariga javob beriş uçun dizayn özgarişlarini kiritişga tayyorligini aytdi.
Amerikaning Tesla kompaniyasi ham Xitoyga yetkazib beriladigan avtomobillar uçun zarur özgarişlarni amalga oşirişini tasdiqladi.

















