Ukrainalik (ismi aytilmagan) amaldor Axios naşri bilan suhbatda muhokamalarni samarali deb atagan. Muzokaralar yopiq formatda ötmoqda.
Rossiya delegatsiyasiga Boş ştab Boş boşqarmasi rahbari admiral Igor Kostyukov boşçilik qilmoqda. Ukraina delegatsiyasi rahbari — MXMK kotibi Rustem Umerov. AQŞ tomonidan muzokaralarda AQŞ prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff, Donald Trampning kuyovi Jared Kuşner va AQŞ armiyasi vaziri Deniyel Driskoll iştirok etmoqda.
Politico naşri ukrainalik va amerikalik amaldorlarga tayanib xabar berişiça, muhokamalarning markaziy mavzusi hududiy masala hisoblanadi.
Abu-Dabida Moskva va Kiyev vakillari AQŞ taklif etgan, Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşiga nuqta qöyiş rejasi böyiça ilk bor töğridan töğri muzokaralarni 23 va 24 yanvar kunlari ötkazgan.
Muzokaralarga yaqin manbalar ma’lumotlariga köra, tomonlar allaqaçon bir neçta bandlar böyiça kelişib olgan, ammo hududlar masalasida kelişolmagan. Muzokaralarning birinçi raundi yakunlariga köra, AQŞ davlat kotibi Marko Rubio hal bölmay qolayotgan yagona masala — Donbass ekanini tasdiqlagan. Rossiya Donbassdan ukrain qöşinlarini olib çiqişni talab qilmoqda, Kiyev esa bu talabni rad etmoqda.
Donbass Ukraina hududining bir qismi hisoblanadi, ammo uning ayrim qismlari Rossiya qöşinlari nazoratida. Bundan oldin Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy hududlar masalasi faqat uning Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan şaxsiy uçraşuvida hal qilinişi mumkinligini aytgan.












