Janubiy Hindistonning kamida ikki ştati vazirlari bolalarni ijtimoiy tarmoqlardan uzoqlaştirişda taqiq samarali böladimi-yöqmi, şuni tahlil qilayotganini aytgan.
Ötgan hafta e’lon qilingan Iqtisodiy şarh (Economic Survey) — mamlakat boş iqtisodiy maslahatçisi boşçiligidagi guruh tayyorlaydigan yillik hujjat — federal hukumatga bolalar uçun yoşga doir çeklovlarni körib çiqişni tavsiya qildi. Bu tavsiyalar majburiy emas, ammo davlat siyosatiga ta’sir körsatişi mumkin.
Biroq mutaxassislar bunday taqiqni amalga oşiriş Hindistonda oson bölmasligi va u huquqiy nizolarga sabab bölişi mumkinligini ta’kidlamoqda.
Yaqinda Avstraliya 16 yoşgaça bölgan bolalar uçun aksariyat ijtimoiy tarmoqlarni taqiqlagan dunyodagi ilk davlatga aylandi. Qonun platformalarni foydalanuvçilar yoşini tekşiriş va yoşga yetmaganlar hisoblarini öçirişga majbur qiladi.
Bu qaror ijtimoiy tarmoqlar tomonidan tanqid qilindi. Avstraliya internet-regulyatori BBC’ga aytişiça, kompaniyalar bu tartibga “juda istamay” rozi bölgan.
Fransiyada ham 15 yoşgaça bölganlar uçun ijtimoiy tarmoqlarga kirişni taqiqlovçi qonun loyihasi quyi palatada ma’qullangan, ammo Senat tasdiği kerak. Buyuk Britaniya ham şunday çorani körib çiqmoqda.
Andhra-Pradeş ştatidagi hukmron partiya va boş vazir Narendra Modining federal koalitsiyasiga kiruvçi Telugu Desam partiyasi deputati Devarayalu 16 yoşgaça bölgan bolalarni ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişdan mahrum etişni közda tutuvçi qonun loyihasini taklif qildi. Bu xususiy a’zo taşabbusi bölib, hukumat siyosatini aks ettirmaydi va qonunga aylanişi ehtimoli past, ammo parlament muhokamalariga ta’sir körsatişi mumkin.
Andhra-Pradeş hukumati global tartibga soliş modellarini örganiş uçun vazirlar guruhini tuzdi va Meta, X, Google hamda ShareChat kabi platformalarni maslahatlaşuvga taklif qildi. Kompaniyalar bu taklifga hozirça izoh bermagan.
Ştat axborot texnologiyalari vaziri Nara Lokeş bolalar “ijtimoiy tarmoqlardan çeksiz foydalanişga berilib ketayotgani”, bu esa ularning diqqati va ta’limiga salbiy ta’sir qilayotganini aytdi. U ijtimoiy tarmoqlarni ayniqsa ayollar va bolalar uçun xavfsizroq qiliş niyatida ekanini bildirdi.
Goa ştati ham şunday çoralarni körib çiqmoqda. Karnataka ştatida esa raqamli gigiyena va “raqamli detoks” dasturi doirasida 300 mingga yaqin öquvçi va 100 ming öqituvçi jalb etilgan.

















