Rossiya kompaniyalari Venesuela sobiq prezidenti Nikolas Maduro ağdarilganidan keyin mamlakatdan siqib çiqarilmoqda, dedi Rossiya TIV rahbari Sergey Lavrov.
«Hozir Venesuela va u yerda sodir bölayotgan voqealar ortidan bizni, kompaniyalarimizni Venesueladan daf qilişga oçiqçasiga urinişmoqda», dedi Lavrov.
Uning sözlariga köra, AQŞ Moskvaga nisbatan çeklovlarni joriy etişda davom etmoqda. Xususan, Ankorijdagi muzokaralardan bir neça oy ötib, «LUKOYL» va «Rosneft» sanksiyalar ostida qolgan. Bundan taşqari, tariflar Rossiya energiya taşuvçilarini sotib oluvçi mamlakatlarga tahdid soladi, dedi Lavrov. «Hammaga aytilyapti, Rossiya nefti va Rossiya gazi Amerika nefti va Amerikaning suyultirilgan gazi bilan almaştiriladi», dedi u.
Venesueladagi Rossiya aktivlarini boşqaruvçi «Roszarubejneft» davlat kompaniyasi yanvar oyida respublikada hokimiyat özgarganidan keyin qabul qilingan majburiyatlarni bajarişda davom etişini ma’lum qildi.
Ötgan yilning bahorida Rossiya va Venesuela örtasida strategik şeriklik töğrisidagi şartnoma imzolangan edi. Oktabr oyida Venesuelaning Rossiyadagi elçisi Xesus Rafael Salasar ma’lum qilganidek, respublikada Rossiya bilan beşta qöşma korxona faoliyat yuritmoqda. Davlatlar neft qazib oliş va sotiş sohasida faol hamkorlik qilmoqda, deb tuşuntirdi u. Şu vaqtda Bloomberg Rossiya Venesuelaga neft yetkazib beriş böyiça AQŞni ortda qoldirganini ma’lum qilgandi.
2026 yil 3 yanvarga ötar keçasi AQŞ harbiylari Maduro va uning rafiqasini qölga olib, mamlakatdan olib çiqib ketdi. Nyu-Yorkda Venesuelaning ağdarilgan rahbariga «narkoterrorizm» moddasi böyiça ayblov e’lon qilindi.
AQŞ prezidenti Donald Tramp mamlakatda hokimiyat almaşmagunça Vaşington Venesuelani boşqarişini aytdi. Venesuela boşqaruv jamoasiga davlat kotibi Marko Rubio va Pentagon rahbari Pit Hegset kirdi. Keyinroq Amerika yetakçisi Venesuelaning vaqtinçalik hukumati AQŞga 50 million barrelgaça neft berişini e’lon qildi.
Şundan söng, davlat kotibi Marko Rubio Venesuelaning vaqtinçalik rahbari Delsi Rodriges AQŞ kompaniyalari uçun mamlakat energetika sektorini oçişga, neft qazib oliş sohasiga imtiyozli kirişni ta’minlaşga va neft savdosidan tuşgan pullarni Amerika tovarlarini sotib olişga sarflaşga va’da berganini ta’kidladi.












