Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva 4 fevral kuni Abu-Dabi (BAA) şahrida «Insoniy birodarlik» mukofoti ğoliblarini taqdirlaş marosimida iştirok etdi.

«Abu-Dabida Şayx Zayd nomidagi «Insoniy birodarlik» mukofoti ğoliblarini taqdirlaş marosimida iştirok etganim men uçun ulkan şaraf.

Mukofot hakamlar hay’ati va taşkiliy qömitasidagi hamkasblarimga samarali hamkorlik uçun samimiy minnatdorçiligimni izhor etaman. Bu çindan ham bebaho va ilhombaxş tajriba böldi. Şubhasiz, insoniy birodarlik sözlarda emas, balki kundalik amallarda - har bir insonning qadr-qimmatiga hurmatda, e’tiborda va ğamxörlik qilişda namoyon böladi», deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Ma’lumot uçun, Şayx Zayd nomidagi «Insoniy birodarlik» mukofoti 2019 yilda Abu Dabida Rim papasi Fransisk va Al-Azhar boş imomi Ahmad at-Tayyib örtasidagi tarixiy uçraşuv şarafiga ta’sis etilgan. Şundan buyon mukofot dunyoning turli mintaqalaridan bölgan önlab yetakçi şaxslar va taşkilotlarga topşirildi. U alohida şaxslar va taşkilotlarga insoniy birodarlik qadriyatlariga asoslangan yanada tinç, uyğun va rahm-şafqatga töla dunyoni barpo etişga qöşgan ulkan hissasi uçun beriladi. 2019 yildan buyon 19 ta davlatdan 19 nafar laureat uşbu mukofotga sazovor bölgan.

2026 yilgi sovrindorlarni taqdirlaş marosimi 4 fevral kuni, BMT tomonidan e’tirof etilgan Xalqaro insoniy birodarlik kunida Abu Dabi şahrida bölib ötdi.