Starlink sun’iy yöldoş interneti endi Tojikiston aholisi uçun ham mavjud. Bu haqda Ilon Maskning SpaceX korporatsiyasiga tegişli kompaniya ijtimoiy tarmoqda e’lon qildi.

«Tojikistonda Starlink yuqori tezlikdagi, past keçikişli internetdan foydalaniş imkoniyati paydo böldi!», deyiladi xabarda.

Standart tarifda Starlink internet narxi oyiga 1100 somoniyni (117,6 dollar) taşkil qiladi. Örnatiş uskunalari 2700 somoniyga (288,6 dollar) tuşadi.

Tojikiston hukumati huzuridagi aloqa xizmati Starlink Tajikistan kompaniyasi bilan litsenziya şartnomasini 2025 yil oktabr oyida imzolagan edi.

Starlink - dunyoning istalgan nuqtasidan yuqori tezlikdagi keng polosali internetga ulanişni ta’minlaş uçun möljallangan global sun’iy yöldoş aloqa tizimi. Tarmoq dunyoning 100 dan ortiq mamlakatlarida, jumladan, Şimoliy va Janubiy Amerika, Yevropaning aksariyat mamlakatlari, Avstraliya, Yangi Zelandiya, Afrikaning bir qismi va Osiyoda faoliyat yuritadi. Markaziy Osiyoda Starlink interneti işlatilgan birinçi davlat Qozoğiston böldi.