Özbekistonda endi yöl harakati bilan boğliq ayrim huquqbuzarliklar uçun dastlab ogohlantiriş beriladi. 4 fevralda imzolangan qonun bilan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga tegişli qöşimça va özgartirişlar kiritildi.
Unga köra, yöl harakati xavfsizligi bilan boğliq kam ahamiyatli huquqbuzarliklar uçun ma’muriy ogohlantiriş jazosi qöllanişi belgilandi.
Ma’muriy ogohlantiriş – huquqbuzarlik sodir etgan şaxsni qonunga xilof xatti-harakatlarga yöl qöymaslik töğrisida ogohlantirgan holda unga rasmiy tanbeh berişdir.
Ma’muriy ogohlantiriş yozma (elektron) şaklda qöllanadi.
Uşbu jazo çorasi Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning quyidagi moddalarida nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan şaxslarga nisbatan qöllanadi:
125-moddaning 1 va 2- qismlari:
- haydovçilarning transport vositalarini boşqariş va yölovçilar taşişda xavfsizlik kamaridan foydalaniş qoidalariga, xuddi şuningdek, mototsikl va mopedlar haydovçilarining motoşlemlardan foydalaniş qoidalariga rioya etmasligi,
- haydovçilarning belgilangan tartibda röyxatdan ötkazilmagan yoki majburiy texnik körikdan ötkazilmagan yoxud foydalaniş man etiladigan darajada nosozligi bölgan yoki qonunçilikda belgilangan tartibda favqulodda vaziyatda oynani sindiriş uçun foydalaniladigan bolğaça bilan jihozlanmagan, öt öçirgiç, tibbiyot qutiçasi, avariya holatida töxtaganini bildiruvçi belgi va nur qaytargiçli kamzul bilan butlanmagan, xuddi şuningdek, işlayotganida taşqariga çiqarayotgan ifloslantiruvçi moddalarning miqdori, şuningdek, şovqin darajasi belgilangan normalardan ortiq bölgan transport vositalarini boşqarişi;
128-1-modda – transport vositasini boşqariş vaqtida haydovçilarning telefondan foydalanişi (bundan telefondan quloqçinlar orqali va qöllarni işlatmasdan turib sözlaşuvlar olib boriş imkoniyatini beradigan boşqa uskunalar orqali foydalaniş mustasno);
128-2-modda – transport vositasini boşqariş vaqtida tele-, videodasturlarni tomoşa qiliş maqsadida transport vositasi salonining old qismiga örnatilgan monitordan (displeydan) foydalaniş;












