Six Flags Qiddiya City ulkan Qiddiya loyihasining bir qismi bölib, uning maqsadi Arabiston çölining katta hududini dunyodagi eng yirik köngiloçar va turizm markazlaridan biriga aylantirişdir. Majmua mamlakat poytaxti Ar-Riyod yaqinida joylaşgan bölib, kelajakda u yerda kibersport arenasi, stadion va akvapark ham bölişi rejalaştirilgan.
Six Flags Qiddiya City — Six Flags tarmoğining Şimoliy Amerikadan taşqarida qurilgan ilk mavzuli parki. Uni quriş taxminan tört yil davom etgan, majmua maydoni esa qariyb 32 gektarni taşkil qiladi. Bu hududda restoranlar, savdo zonalari va, albatta, attraksionlar joylaşgan.
Parkda jami 28 ta attraksion bor, ularning uçtasi allaqaçon rekord örnatgani bilan tarixga kirdi. Ularning eng kattasi — Falcon’s Flight: u bir vaqtning özida dunyodagi eng baland, eng tez va eng uzun rollerkoster hisoblanadi. U soatiga 250 kilometr tezlikkaça çiqadi. Agar şundan keyin turistlarning qornida nonuşta “saqlanib qolsa”, ular dunyodagi eng baland “qiya” rollerkoster deb tan olingan Iron Rattler'ga çiqib körişi mumkin. Yana bir attraksion — Spitfire — trassada aylanib, bir lahza tönkarilib (boşi pastga) ketadigan qismi böyiça, ya’ni eng baland inversiya rekordini uşlab turibdi.
Six Flags Qiddiya City oçilişi Saudiya Arabistonining juda ulkan va ğoyat katta loyihalar dasturi uçun ijobiy signal böldi. Ayniqsa, dunyodagi eng yirik hajmli binolardan biri qurilişi töxtatib turilgani haqidagi xabarlar fonida, şu bilan birga qirollikning boşqa hududlarida dunyodagi eng baland binoga da’vogar inşoot tez sur’atlarda qad rostlayotgan bir paytda.












