Qarorga binoan, Hindistonning barça hududlaridan tirik hayvonlar va quşlarni import qiliş taqiqlandi. Şuningdek, mazkur davlatning Ğarbiy Bengaliya ştatidan davlat veterinariya xizmati nazorati ostidagi barça turdagi tovarlarni olib kirişga ham vaqtinça çeklov örnatildi.

Hujjatda qayd etilişiça, Xalqaro hayvonlar soğligini himoya qiliş taşkiloti (WOAH) hamda oçiq manbalarda e’lon qilingan ma’lumotlarga köra, Hindistonning Ğarbiy Bengaliya ştatida Nipah virusi tarqalişi bilan boğliq murakkab epidemiologik vaziyat yuzaga kelgan.

Mutasaddilar uşbu çora-tadbirlar mamlakatda epizootik barqarorlikni ta’minlaş va aholi salomatligini muhofaza qilişga qaratilganini ta’kidlamoqda.