Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev Islomobod şahriga davlat taşrifi doirasida “Ayvoni Sadr” qarorgohida Pokiston prezidenti Asif Ali Zardoriy bilan tor doirada hamda delegatsiyalar iştirokida uçraşuv ötkazdi.
Muzokaralarda Özbekiston va Pokiston örtasidagi köp qirrali hamkorlikni yanada kengaytiriş, döstlik va strategik şeriklikni mustahkamlaşning joriy holati hamda dolzarb yönalişlari körib çiqildi.
Uçraşuv avvalida Asif Ali Zardoriy davlat rahbarini strategik hamkorlik kengaşining birinçi yiğilişi muvaffaqiyatli bölgani munosabati bilan tabrikladi va mazkur davlat taşrifi ikki tomonlama munosabatlarni çuqurlaştirişga yangi sur’at bağişlaydigan tarixiy ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
“Yangi Özbekistonni 2030 yilgaça rivojlantiriş strategiyasi” doirasida amalga oşirilayotgan keng kölamli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar yuqori baholandi.
Turli darajalardagi faol aloqalar mamnuniyat bilan qayd etildi. Tovar ayirboşlaş va qöşma korxonalar soni barqaror ösib borayotgani, iqtisodiyotning ustuvor tarmoqlarida kooperatsiya loyihalari amalga oşirilayotgani ta’kidlandi.

Islomoboddagi sammitga tayyorgarlik doirasida hukumatlararo komissiya yiğilişi hamda siyosiy maslahatlaşuvlar samarali ötkazilgani qayd etildi.
Amaliy hamkorlikni yanada kengaytiriş, jumladan, siyosiy muloqotni mustahkamlaş, savdo-iqtisodiy va investitsiya aloqalarini rivojlantiriş, işbilarmonlik almaşinuvlarini faollaştiriş muhimligi ta’kidlandi. Yaqin istiqbolda özaro savdo hajmini 2 milliard dollarga yetkaziş böyiça qöşma çora-tadbirlarni muvofiqlaştiriş va amalga oşiriş masalalari atrofliça körib çiqildi.
Hududlar örtasidagi hamkorlikni rivojlantirişga alohida e’tibor qaratildi. Hududlararo forumning birinçi yiğilişini şu yil Xivada ötkazişga kelişib olindi.
Xalqaro taşkilotlar doirasidagi hamkorlikni mustahkamlaş yuzasidan fikr almaşildi. Tomonlar dolzarb mintaqaviy va xalqaro kun tartibi böyiça pozitsiyalari öxşaş ekani, bir-birini qöllab-quvvatlaşni davom ettirişini yana bir bor tasdiqladi.
Madaniy-gumanitar almaşinuvlarni yanada kengaytiriş, ta’lim, ekologiya, sport va boşqa sohalarda qöşma loyihalarni ilgari surişga özaro intiliş qat’iy ekani qayd etildi.












