Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amerika – O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining birinchi yig‘ilishi o‘tkazildi
Avvalroq AQSh prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus elchisi Serjio Gor 3-7 fevral kunlari Qirg‘iziston va O‘zbekistonga tashrif buyurishi xabar qilingandi.
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva
Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQSh prezidentining maxsus vakili Serjio Gor ishtirokida Amerika – O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining birinchi yig‘ilishi o‘tkazilganini ma’lum qildi.
“Maxsus vakil, elchi Serjio Gor ishtirokida Amerika – O‘zbekiston ishbilarmonlik va investitsiya kengashining birinchi yig‘ilishi o‘tkazilganini ma’lum qilishdan mamnunman.
Muhokamalar samarali va istiqbolga yo‘naltirilgan tarzda o‘tdi; oldinda bizni har ikki mamlakat uchun strategik ahamiyatga ega bo‘lgan asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha salmoqli va mazmunli ishlar kutmoqda”, deb yozdi u o‘z Telegram sahifasida.
Avvalroq AQSh prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus elchisi Serjio Gor 3-7 fevral kunlari Qirg‘iziston va O‘zbekistonga tashrif buyurishi xabar qilingandi.
AQSh davlat departamenti xabariga ko‘ra, elchi Gor tashrifi davomida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekiston biznes vakillari va siyosatchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazadi.
Xabarda Serjio Gor Bishkek va Toshkentda ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish imkoniyatlarini o‘rganish uchun yuqori martabali amaldorlar bilan ham uchrashishi aytilgan.
Mavzuga oid
20:18 / 09.05.2026
Saida Mirziyoyeva Italiyada o‘zbekistonlik rassomning shaxsiy ko‘rgazmasi ochilishida ishtirok etdi
11:47 / 09.05.2026
Venetsiya biyennalesida O‘zbekistonning “The Aural Sea” milliy paviloni ochildi
19:34 / 08.05.2026
Urgutdagi “ibtidoiy” poliklinika to‘rt oyda qanday o‘zgardi?
10:42 / 30.04.2026