Germaniyada harbiy öyinlar ötkazilib, ular davomida Rossiyaning NATO hududiga bostirib kirişi ssenariyi modellaştirildi, deb yozdi Die Welt gazetasi juma kuni, 6 fevralda. Oddiysidan farqli bu maşğulotlar 2025 yil dekabrda Hamburg şahridagi Germaniya Qurolli kuçlari universitetida (bundesver) bölib ötgan. Taşkilotçi Die Welt bölib, u Nemis harbiy öyinlar markazi bilan hamkorlik qilgan.
Öyin ssenariysiga köra, Rossiya 2026 yil oktyabrda Kaliningrad viloyatidagi gumanitar inqirozni bahona qilib Litva hududiga kirgan. Maşqlar natijalariga köra, RF qöşinlari Rossiya va Belarus çegaralaridan bir neça ön kilometr uzoqlikda joylaşgan Mariyampole şahrini egallab olgan. Moskva öz harakatlarining «gumanitar» tusda ekanini aytgan bayonotlar AQŞning Şimoliy Atlantika şartnomasining 5-moddasini qöllaşdan boş tortişi uçun yetarli bölib çiqqan. Uşbu moddaga muvofiq, NATOga a’zo mamlakatlarning heç bölmaganda biriga qurolli hujum qilinsa, bu barçaga qilingan hujum deb qaraladi va har biri hujumga uçragan tomonga yordam körsatadi.
Öyin rivojiga köra, Germaniya qat’iy qaror qabul qilişda ikkilanib qolgan, Polşa esa qöşinlarni safarbar qilib Litva bilan çegara tomon olğa siljigan, ammo çegarani kesib ötmagan. Şu bilan birga, Litvada joylaşgan bundesver brigadasi aralaşmagan, bunga qisman Rossiya dronlar yordamida mazkur baza atrofidagi yöllarni minalaştirgani sabab bölgan.
Harbiy öyin natijalariga köra, Rossiya bir neça kun içida NATOga bölgan işonçni izdan çiqarişga va atigi taxminan 15 000 nafar harbiydan iborat kontingentni joylaştirgan holda Boltiq mintaqasi ustidan nazorat örnatişga muvaffaq bölgan. «Tiyib turiş faqat imkoniyatlarga emas, balki raqib bizning irodamiz haqida nima deb öylaşiga ham boğliq. Harbiy öyinlar paytida men va mening “rossiyalik hamkasblarim” şundan xabardor edik: Germaniya ikkilanadi. Ğalaba uçun şuning özi yetarli böldi», — deb tuşuntirdi The Wall Street Journal (WSJ) naşriga Venadagi harbiy tahlilçi Frans-Ştefan Gadi. U öyinda RF QK Boş ştabi boşliği rolini bajargan.
Xavfsizlik böyiça ekspertlar fikriça, Moskva Yevropada yana ustun (dominant) mavqeni qaytarib olişga intilmoqda. «Bu maqsadga erişiş uçun Rossiya, agar kerak bölsa, NATO bilan töğridan töğri harbiy töqnaşuvdan ham çetlanmaydi», — degan edi Germaniya Federal razvedka xizmati rahbari Martin Yyeger 2025 yil oxirida.
Real hayotda Litva va Şimoliy Atlantika ittifoqidagi uning hamkorlari bunday ssenariyning oldini oliş uçun razvedkadan yetarliça erta ogohlantirişlar olgan bölar edi, deb ta’kidladi Litva Qurolli kuçlari mudofaa ştabi boşliği Gedryus Premenetskas. Bundesver Quruqlik qöşinlari qömondoni general Kristian Froyding 4 fevral kuni Litvaga taşrif çoğida bildirişiça, NATO razvedkasi hanuz Rossiya 2029 yilgaça ittifoq a’zolariga qarşi harakat boşlay olmaydi, deb hisoblaydi. Biroq Germaniya va uning ittifoqçilari, agar töqnaşuv «bugun keçqurun» röy bersa ham, hujumlarni qaytarişga tayyor, deya WSJ generalning sözlarini keltirgan.












