Statistik ma’lumotlarga köra, 1991 yil 1 yanvar holatiga mamlakat aholisi 20,6 million nafar bölgan. Oradan ötgan 35 yil davomida bu körsatkiç izçil ösib borib, 2026 yil boşiga kelib 38,2 million nafarga yetgan.

Yillar kesimida aholi sonining ösişi quyidagi dinamikani körsatadi:

  • 1995 yilda — 22,5 mln;
  • 2000 yilda — 24,5 mln;
  • 2005 yilda — 26 mln;
  • 2010 yilda — 28 mln;
  • 2015 yilda — 31 mln;
  • 2020 yilda — 33,9 mln;
  • 2025 yilda — 37,5 mln nafar.

Sönggi beş yilda aholi qariyb 4,3 million nafarga oşgani demografik jarayonlarning barqaror davom etayotganini körsatadi.

Mutaxassislar fikriça, tabiiy ösiş sur’atlarining yuqoriligi va yoşlar uluşining kattaligi aholi soni dinamikasida asosiy omillardan biri bölib qolmoqda.